So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini internet tarmog‘i orqali onlayn efirga uzatish tartibi test rejimida yo‘lga qo‘yildi. Bu usul jarayonnnig shaffofligini ta’minlab beradi.
Shuningdek, davlat xizmati sohasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud bo‘lib, mazkur muammolarning dolzarbligi ularning ko‘lami bilan belgilanmoqda Xususan davlat xizmatlariga qabul qilishda qarindosh-urug‘chilik va boshqa suiste’molchiliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda yaqin qarindosh bo‘lgan davlat xizmatchilarining bitta muassasa yoki davlat tashkilotida faoliyat yuritishi tartibini qayta ko‘rib chiqish zarur. Shu bilan birga davlat boshqaruvidagi xodimlarning faoliyat yuritishini, xizmat vazifalarini bajarishni tartibga solishga qaratilgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirib qabul qilish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat xizmatiga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urug‘chilik va boshqa suiiste’molchiliklarning oldini olish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.
Xususan, Qozog‘iston Respublikasining 2015 yil 23 noyabrdagi 416-sonli “Qozog‘iston Respublikasining davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra davlat xizmatchisining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, bolalari) u egallagan lavozimiga bevosita bo‘ysunadigan davlat lavozimini egallashi mumkin emas. Shuningdek, ushbu qonunning 50-moddasida davlat xizmatchisi yaqin qarindoshlarining moddiy manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda rasmiy vakolatlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2016 yil 28 iyundagi 594-sonli qarori (qarorning 4-bandi) bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2013 yil 5 iyuldagi 568-sonli “Fuqarolarning ayrim toifalariga federal qonun bilan belgilangan cheklovlar, taqiqlar va majburiyatlarni kengaytirish to‘g‘risida” va ”Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur o‘zgartirishlarga ko‘ra quyi tashkilot xodimlari davlat xizmati faoliyatida shaxsiy manfaat va manfaatlar to‘qnashuvlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlanganda darhol Rossiya Federatsiyasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga xabar qilish majburiyati yuklatildi.
Bundan tashqari, davlat tashkilotlar xodimlari o‘zining yaqin qarindoshlari bilan mehnat faoliyatini amalga oshirishda birining boshqasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunishi yoki boshqarilishi taqiqlandi. Ushbu taqiq shuni anglatadiki, ota-onalar, er-xotinlar, bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, davlat tashkiloti rahbarining farzandlari bevosita bo‘ysunishidan qat’i nazar davlat tashkilotida ishlay olmaydilar.
Davlat tashkilotlarning rahbarlari ular boshchilik qilayotgan tashkilotlarda yuqorida ko‘rsatilgan taqiqning bajarilishini ta’minlashi shart. Agar davlat tashkilot rahbari ushbu taqiqni bajarmasa u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Rossiya Federatsiyasining 2004 yil 27 iyuldagi 79-sonli “Rossiya Federatsiya davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi 5-bandi bilan fuqaro davlat xizmatiga o‘z yaqin qarindoshlari bilan bir-biriga bevosita bo‘ysunadigan yoki nazorat ostida bo‘ladigan ishlarga qabul qilinishi va ishlashi taqiqlangan.
Ukraina Respublikasining 2015 yil 10 dekabrdagi 889-sonli “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra davlat xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaqin qarindoshiga bo‘ysunadigan shaxsni davlat xizmatiga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar ushbu qonun talablari buzilishiga olib keladigan holatlar yuzaga kelsa, ularga yaqin bo‘lgan shaxslar haqida yuqori turuvchi davlat xizmati rahbariga 15 kun ichida xabar berishlari va bunday holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart. Agar bunday holatlar belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmasa, davlat xizmati rahbari bir oy muddatda bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart. Ushbu talablar davlat xizmati rahbari tomonidan bajarilmasa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Qarindoshlik aloqalari aniqlanganda davlat xizmati rahbariga xabar bermagan shaxslar qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1978 yildagi “Davlat xizmatini isloh qilish to‘g‘risida”gi Qonun bilan federal davlat xizmatida mansabdor shaxslarga qarindoshi bo‘lgan har qanday shaxsni ishga qabul qilish, ishga yollash, lavozimga tayinlash, ishga joylashtirish, lavozimga ko‘tarish taqiqlangan. Ushbu qonun davlat xizmatchilarining o‘z qarindoshlarini ishga qabul qilish yoki martabasini ko‘tarishda o‘zining vakolatlari va ta’siridan foydalana olmasligini kafolatlaydi.
Mansabdor shaxslarning qarindoshlarini ishga joylashtirish bo‘yicha maxsus cheklovlarlarga amal qilmaslik “Nepotism” hisoblanadi. “Nepotism” lotincha “jiyan” so‘zidan kelib chiqqan va qon yoki oilaviy munosabatlar tufayli boshqalarni lavozimlarga tayinlashda davlat xizmatchilari tomonidan homiylik qilish sifatida ham tushuniladi.Ushbu qonun “Nepotism”ga qarshi qonun hisoblanib, davlat xizmatiga xodimlarni adolatli va ochiq raqobat yo‘li bilan tanlab olish va ularning shaxsiy yutuqlariga qarab rag‘batlantirish qoidalariga asoslanadi.
AQSHning har bir shtatida davlat xizmatiga qarindosh-urug‘larni yollashni davlat amaldorlariga ochiqchasiga taqiqlab, qarindosh-urug‘chilikni cheklaydi.
Arizona shtatida mansabdor shaxslarning uchinchi darajali (xolasi, amakisi, jiyani, nabirasi) qarindoshlarini davlat xizmatiga tayinlash yoki tanlash uchun ovoz berish qonunga ziddir.
Kolumbiya okrugida davlat mansabdor shaxslari qarindoshlarini davlat mansabdor shaxsi xizmat qilayotgan yoki o‘z yurisdiksiyasini amalga oshiradigan idoradagi lavozimga tayinlashi, ishga joylashtirishi, rag‘batlantirishi, ilgari surishi yoki himoya qilishi mumkin emas.
Idaho shtatida xech bir mansabdor shaxs ikkinchi darajali qarindoshlarini davlat xizmatiga tayinlamaydi yoki tayinlashga ovoz bermaydi. Bunday holatlar yuz berganda qonunbuzarlik sifatida jazolanadi. Jazo sifatida ming dollardan oshmagan jarima yoki bir yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi bilan jazolanadi.
Indiana shtatida davlat xizmatchisi tomonidan yaqin qarindoshlarini ishga joylashtirish yoki tayinlashda ishtirok etganligi bo‘yicha quyidagi javobgarliklar belgilangan:
- mehnat shartnomasini bekor qilish;
- ushbu shaxslarga agentlik yoki davlat xodimi bilan komissiya tomonidan belgilangan muddatga shartnoma tuzishni taqiqlash;
- tanbeh berish;
- davlat xizmatchisiga impichment e’lon qilish;
- davlat tomonidan berilgan litsenziya yoki ruxsatnomani bekor qilish;
- ushbu shaxslarga kelajakda lobbizm faoliyatini taqiqlash;
- jarima tayinlash.
Yuqoridagi xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining davlat xizmatiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish taklif etiladi.
Shoxrux Mamatqulov,
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti ma’sul xodimi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti ma’sul xodimi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi