date
views 1 382

Mixail Saakashvili ochlik e’lon qildi

Mixail Saakashvili ochlik e’lon qildi
Foto: REUTERS
Gruziyada hibsga olingan sobiq prezident Mixail Saakashvili qamoqda ochlikni davom ettirmoqda, dedi Gruziya Birlashgan milliy harakati a’zosi Tina Bokuchava.

Shanba kuni Bokuchava Rustavi shahridagi (Gruziya poytaxtidan 30 kilometr uzoqlikda) jazoni ijro etish muassasasida Saakashvilini ko‘rishga borgan.

«Men uni ochlik e’lon qilish maqsadga muvofiq emasligiga ishontirishga harakat qildim. U o‘zini siyosiy mahbus deb hisoblamoqda va ochlikni davom ettirmoqda», degan Bokuchava.

Eslatib o‘tamiz, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili kuni kecha mamlakat hududida hibsga olingandi. U hibsga olingach, darhol ochlik e’lon qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mixail Saakashvili ochlik e’lon qildi