2 962
“Ularni o‘ldirishadi va biznikilardan hech kim qolmaydi”. Amazon qabilasida uch kishi qoldi
Bayta (chap tarafda) va Tamandua kunlarni Amazon o‘rmonlari bo‘ylab kezib, izolyatsiyada o‘tkazadi
“Men ulardan xavotirdaman. Agar ularni o‘ldirishsa, biznikilardan hech kim qolmaydi”. Rita Piripkura sentabr oyida ana shu so‘zlarni aytganda uning ovozi taslim bo‘lgan kishilarni yodga solardi.
U o‘zining ukasi Bayta va jiyani Tamandua haqida gapiryapti. Rita bilan qo‘shib hisoblaganda ular Piripkura qabilasining so‘nggi uch nafar a’zosidir. Ekspertlarning aytishicha, bu qabila o‘rmonlar kesib yuborilishi va chorvachilik tufayli yo‘qolib ketishi mumkin.
Rita doimiy ravishda atrof olam bilan aloqada bo‘ladi. Bayta va Tamandua esa kunlarni Amazonka bo‘ylab kezib, izolyatsiyada o‘tkazadi. Biroq hatto bu yerda ham ular xavf ostida, deya hisoblaydi Rita.
G‘alaba qozonib bo‘lmaydigan jang
Piripkura qabilasi manzili Braziliya qishloq xo‘jaligi markazlaridan birida, Matu-Grosu shtatida joylashgan. Qabila yashaydigan joy qonun bilan himoyalangan bo‘lishiga qaramay, “qora yog‘och ishlab chiqaruvchilar” va fermerlar ularning hududini egallab olmoqda.
Piripkura qabilasi mana bir necha o‘n yildirki, o‘z yerida yashash huquqi uchun kurash olib bormoqda. Biroq so‘nggi vaqtlarda ularning manzili tez sur’atlarda yo‘q qilinmoqda: nodavlat tashkilotlardan biri noyabr oyi hisobotida daraxtlarni noqonuniy kesish bo‘yicha suratli dalillar bilan 2020 yilning avgustidan 2021 yilning iyuliga qadar bu hududda 24 kvadrat kilometr o‘rmon kesib tashlanganini ta’kidladi.
Bu maydon uch mingta futbol maydoniga teng. Aborigenlarning boshqa qabilalari ham konlar, rancholardan foydalanish va Amazoniya o‘rmonlari kesib yuborilishiga qarshi kurashmoqda. Biroq bugungi kunda Piripkura qabilasi ayniqsa og‘ir holatda.
Rita Piripkura o‘z qarindoshlarini yo‘qotishdan qo‘rqmoqda Foto: SURVIVAL INTERN
“Ular bir necha kun ichida halok bo‘lishi mumkin”, — deydi aborigenlar huquqlari uchun kurashadigan Survival International London nodavlat tashkilot xodimi Sara Shenker. “Bayta va Tamanduaga tobora yaqin kelishmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u. Tashqi kuchlar rezervatsiyaning tezda egallab olishi borasida isbotlar bor, deydi Matu-Grosu shtatida ishlaydigan Braziliya davlat qabilalarga yordam berish agentligi sobiq koordinatori Leonardo Lenin.
Nodavlat tashkilotlar rezervatsiyada o‘rmonlar yo‘q qilinishiga isbot keltirishmoqda
Bugun Lenin – Piripkura qabilasi hayoti to‘g‘risida ma’ruza tayyorlagan tashkilotlardan beri “Tub aholi huquqlari bo‘yicha observatoriya” bosh kotibi. Uning aytishicha, o‘rmonlarni kesish izlari Bayta va Tamandua paydo bo‘lgan yerdan bor-yo‘g‘i besh kilometr uzoqlikda ko‘rinadi.
Bu masofa xavfsiz bo‘lib ko‘rinishi mumkin, biroq rezervatsiya o‘lchami deyarli 2,5 ming kvadrat ekani hisobga olinsa, daraxt kesuvchilar juda yaqin kelishgani kundek ravshan.
“Ular jiddiy xavf ostida, bunga shubha yo‘q. Biz OPI va Funai inspektorlariga tahdidlar haqida ham eshitdik”, — deydi Leonardo Lenin.
Qabilalar muammolari
Piripkurani mutaxassislar izolyatsiyadagi va odamlar bilan kontaktga kirishmagan qabilalardan biri deb atashadi. Ular qo‘shnilari va tashqi olam bilan muntazam muloqotda bo‘lmaydi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sayyoradagi tashqi olam bilan muloqotga kirishmaydigan qabilalarning yarmi Amazoniyada
Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyoda 100dan ortiq ana shunday qabilalar bor, ulardan yarmi Amazoniyada.
Bunday izolyatsiyaning sababi – begonalar bilan tez-tez kelishmovchiliklar kelib chiqishi. Piripkura qabilasi o‘z tarixida ko‘plab ana shunday mojarolarni boshdan o‘tkazgan.
1970-yillarda qabilaning o‘nlab a’zosi yoki ularning yeriga kelgan begonalar qo‘lida, yoki biz uchun oddiy kasalliklar, masalan, shamollashdan vafot etdi.
Rita to‘qqiz nafar qarindoshini qanday o‘ldirishganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Omon qolganlar esa qochishga majbur bo‘ldi.
To‘qnashuvlar natijasida qabila a’zolari soni keskin kamayibgina qolmay, Piripkura hayot tarzi ham o‘zgardi.
Ko‘pincha bu qabilalar tashqi olam bilan ilk muloqotidan keyinoq izolyatsiyada yashashni ma’qul ko‘radi Foto: RICARDO STUCKERT
“Ularning tilida qishloq xo‘jaligi ishlarini tasvirlovchi so‘zlar mavjud. Bu esa ularda agrar jamiyatga o‘xshash jamiyat bo‘lganini anglatishi mumkin”, — deydi Leonardo Lenin.
“Biroq 1970-yillardan boshlab qabila ovchi yig‘uvchilarga aylandi. Ular uchun doim ko‘chish – jon saqlash usuli”, — deya qo‘shimcha qiladi u.
Funai agentligi 1984 yilda Piripkura bilan birinchi marta bog‘langanida uning xodimlari rezervatsiyada 15-20 nafar odam borligini hisoblashgan. Biroq 1990-yillardan boshlab faqat Bayta va Tamanduani ko‘rishgan.
Piripkura qabilasi bilan ishlaydigan, izolyatsiyadagi qabilalar bo‘yicha mutaxassis Fabritsio Amorim erkaklar avvallari Amazoniya o‘rmonlarini kezib yuruvchi boshqa “qarindoshlari”ni ham yodga olishganini aytadi. “Muammo shundaki, ular ko‘p yillardan beri o‘sha qarindoshlari haqida gapirishmaydi. Bu ularning o‘lganini anglatmaydi, biroq yaxshi belgi emasligi aniq”, — deya qo‘shimcha qiladi Amorim.
“Piripkura qabilasi qolmaganini aniq ayta olmaymiz, shuning uchun ham ularning manzilgohini asrash ikki baravar muhim”, — deydi u.
Matu-Grosu – Braziliya qishloq xo‘jaligi uchun muhim shtat. Fermerlar uning tub aholisini siqib chiqarmoqda Foto: ROGERIO DE ASSIS - ISA
Dushman prezident
Mahalliy qabilalar huquqlarini himoya qiluvchilar Piripkura rezervatsiyasi tez sur’atlarda yo‘q qilinishida prezident Jair Bolsonaruni ayblamoqda.
Garchi Braziliya konstitutsiyasi aborigenlarning o‘z yerlariga bo‘lgan huquqini kafolatlasa ham prezident etib saylanguniga qadar, 2019 yilda Bolsonaru Amazoniyani tijoriy ekspluatatsiya qilinishi kengayishi haqida gapirgandi.
1998 yilda hali kongressmen bo‘lgan Bolsonaru Correio Braziliense gazetasiga bergan intervyusida braziliyalik harbiylar amerikalik hamkasblari kabi “mahalliy xalqlarni u qadar samarali yo‘q qilmayotgani”dan afsusda ekanini bildirgandi.
Prezidentning fikricha, Braziliya statistika byurosi hisob-kitoblariga ko‘ra, 213 mln kishilik aholining 1,1 mln kishini tashkil etuvchi mahalliy braziliyaliklar Braziliyaning 13 foizdan ortiq yeriga egalik qilishi kerak emas, garchi ularning yerga bo‘lgan huquqi 1988 yil konstitutsiyasida aks etgan bo‘lsa ham.
Huquqni himoya qiluvchilarning aytishicha, Bolsonaru hokimiyatga kelganidan beri o‘rmon kesuvchilar va fermerlarning Amazon qabilalari bilan to‘qnashuvlari ko‘paygan.
Qonunchilikka bog‘liq muammolar
Hozirda Piripkura yerlari rasmiy ravishda aborigenlar yerlariga tegishli va ularning demarkatsiyasini nazarda tutuvchi hududlar himoyasi to‘g‘risidagi farmon bilan himoya qilinadi.
Bolsonaru 1988 yildan beri aborigenlar yerlarini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi birorta ham farmonni imzolamagan Braziliyadagi birinchi prezident
Foto: Getty Images
Bu aslida aborigenlar uchun himoya yorlig‘i. Biroq yerlar demarkatsiyasini vaqti-vaqti bilan uzaytirish kerak. Avvallari hujjat uch yilgacha amal qilgan bo‘lsa, hozir esa bor-yo‘g‘i yarim yilga amal qiladi. “Muddat qisqartirilishi salbiy signal yuboradi va bosqinchilarga ertami-kechmi aborigenlar yerlarini egallash umidini beradi”, — deydi Amorim.
Qabilalar taqdirida yana bir voqea 2020 yilning dekabr oyida sodir bo‘ldi. Braziliya davlat geologiya xizmati Braziliyadagi foydali qazilmalar, xususan, oltinning batafsil xaritalarini nashr eta boshladi. Birinchi xaritalar – Piripkura qabilasi rezervatsiyasi joylashgan Mato-Groso shtatidagi qazilmalar to‘g‘risida.
“Har safar rezervatsiyaga kirganimda, yerda qulab yotgan daraxtlarni ko‘raman. U yerda begonalar juda ko‘p”, — deydi Rita Foto: OPAN
Funai agentligi bayonotida u Piripkura qabilasiga hududni himoya qilish uchun qo‘lidan kelgancha barcha yordam va tibbiy xizmatlar ko‘rsatayotgani haqida aytilgan.
“Boshqa agentliklar bilan hamkorlikda qoidani buzuvchilarga qarshi yo‘naltirilgan operatsiyalar ham o‘tkazilyapti”, — deyiladi bayonotda.
Rita bu qabilani himoya qilish uchun yetarli emasligiga ishonchi komil. U Karipun qabilasidan bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan o‘zining rezervatsiyasidan uzoq bo‘lmagan joyda yashaydi. Ba’zida Mato-Grosoga ekspeditsiyalarda davlat agentliklariga yordam beradi. Biroq pandemiya boshidan beri u o‘z rezervatsiyasiga bormadi va qabilasining yagona a’zosi bo‘lib qolishdan qo‘rqadi. “Har safar rezervatsiyaga kirganimda yerda qulab yotgan daraxtlar tobora ko‘payganini ko‘raman. U yerda begonalar juda ko‘p. Ular ukam va jiyanimni osonlikcha o‘ldirishlari mumkin”, — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar