Qozog‘istonda 2026 yil Ramazon 19 fevralda boshlanadi

1 daqiqa o'qish946
Qozog‘istonda 2026 yil Ramazon 19 fevralda boshlanadi

Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi (QMDB) 2026 yildagi asosiy diniy sana va bayramlar taqvimini ma’lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma’lumotga ko‘ra, muqaddas Ramazon oyi kelgusi yil 19 fevral kuni boshlanishi kutilmoqda.

Ramazon musulmonlar uchun eng muqaddas oylardan biri bo‘lib, ro‘za tutish, ibodat qilish va xayr-ehsonlar orqali ruhiy poklanish davri hisoblanadi. Qamariy taqvimga ko‘ra, oy 29 yoki 30 kun davom etadi. 2026 yilda Ramazon 20 martdagi Ramazon hayiti bilan yakunlanadi.

QMDB taqvimiga binoan, Qadr kechasi 16–17 mart kunlariga to‘g‘ri keladi, Ramazon hayiti 20 martda, Qurbon hayiti esa 29 mayda nishonlanadi.

Diniy boshqarma ta’kidlashicha, bu sanalar xalqaro astronomik markazlar hisoblariga asoslanib belgilangan. Biroq yangi oy ko‘rinishiga qarab, sana bir necha kunga o‘zgarishi ehtimoli ham mavjud.

O‘zbekistonda esa diniy oylar va bayramlar sanasi Musulmonlar idorasi tomonidan hilol kuzatuviga qarab aniqlanadi. Shu sababli, Qozog‘iston e’lon qilgan taqvim o‘zbek taqvimidan farq qilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?