
Pokiston poytaxti Islomobodda fojiali hodisa ro‘y berdi — shahar sud binosi hududida sodir bo‘lgan kuchli portlash natijasida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi. Bu haqda mahalliy politsiya boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan so‘ng tez yordam va qutqaruv xizmatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Jabrlanuvchilar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Hozirda xavfsizlik kuchlari hududni to‘liq yopib, portlash sabablarini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, portlash sud binosi yonida to‘xtab turgan avtomobilda sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Samaa TV telekanali bu ma’lumotni tasdiqlab, portlashning manbai haqiqatan ham sud hududida turgan transport vositasi bo‘lganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Geo TV manbalari hodisani terrorist amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Pokiston hukumati va huquqni muhofaza qilish organlari tergov harakatlarini boshlab, voqea sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzgan.
Hozircha hech bir guruh hodisaga javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Islomobodda qonli portlash: sud hududida 6 kishi halok bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar