date

Xitoy AQSHga noyob yer metallarini yetkazish tizimini yangilamoqda

Xitoy AQSHga noyob yer metallarini yetkazish tizimini yangilamoqda
Xitoy qo‘shma shtatlarga noyob yer metallarini yetkazib berish tizimini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalari xabar berdi. Yangi tizimga ko‘ra, eksport jarayoni yengillashtiriladi, ammo harbiy sohada faoliyat yurituvchi amerikalik kompaniyalar ro‘yxatdan chiqariladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hukumati noyob yer metallari va ularga bog‘liq mahsulotlarni faqat fuqarolik maqsadlarida foydalanuvchi AQSH kompaniyalariga sotishni maqsad qilgan. Bu bilan Pekin, bir tomondan, Vashington bilan resurs yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishni, ikkinchi tomondan, AQSH armiyasi bilan aloqador sanoat tarmoqlariga cheklov joriy qilishni ko‘zlamoqda.

Jurnalistlar ta’kidlashicha, yangi tizim Xitoy eksporterlariga litsenziyalarni tezroq olish imkonini beradi. Shu orqali Pekin nafaqat iqtisodiy munosabatlarni muvozanatlash, balki geosiyosiy ta’sirini ham saqlab qolishga intilayapti.

Eslatib o‘tamiz, 30 oktyabr kuni Donald Tramp va Si Jinpin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSH Xitoy uchun ayrim boj to‘lovlarini kamaytirishga, Pekin esa noyob yer metallari eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga kelishib olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSHga noyob yer metallarini yetkazish tizimini yangilamoqda