Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Putin birdan aqldan ozib qolib, hech kim kutmagan urushni boshladi, deb bo‘lmaydi. Birinchi chechen urushini, Ikkinchi chechen urushini, Gruziya bilan urushni, Rossiya Suriyada qilgan ishlarni yodga olish mumkin. Rossiya rejimi fashistlar rejimi degan ta’rifga anchadan buyon mos tushishini eslash mumkin. Rossiya hududida 177 ming nafar nogironligi bo‘lgan odamlar borligi, ular konslager deb atash mumkin bo‘lgan psixonevrologik internatlarda yashashini eslash mumkin.
Rossiyada odamlar qamoqxonalarda, politsiya bo‘linmalarida qiynoqqa solinishini eslash mumkin. Rossiyada maishiy zo‘ravonlik jinoyat emas, deb hisoblanishini va minglab ayollar erkaklar qo‘lidan o‘lib ketayotganini, chunki qonun ularni himoya qilmasligini, qonun ular tomonida emasligini eslash mumkin. Mustaqil OAVlar o‘tgan yillar davomida yo‘q qilinganini eslash mumkin. Muxolifat qirilganini: muxolifat yetakchilari halok bo‘lganini, qamoqqa tushganini eslash mumkin. Putinning hokimiyati mutlaq hokimiyatga aylanganini eslash mumkin.
Va aslida, Putin ukrainlarni o‘ldirishga kelgunicha, yillar davomida u rossiyaliklarni o‘ldirib kelgan. Shuning uchun bu yerda bularning barchasiga ko‘nib kelgan butun dunyoga qarata ham savol tug‘iladi, lekin, albatta, asosiy savol rossiyaliklarga qaratilgan.
Urushga borib, matnlarimni yozayotgan paytlarda, Rossiyada nimalar bo‘layotganini, rossiyaliklar nimalarni yozayotganini o‘qish uchun qaysidir ijtimoiy tarmoqlarga, Facebook, Twitter’ga kirardim. O‘shanda or-nomus, uyat paradini, ya’ni odamlar Rossiyada yuz berayotgan hodisalar, biz duch kelgan vaziyat qanchalar dahshatli ekanini to‘satdan anglab yetishi holatini ko‘rardim, ammo biz tushgan vaziyat ancha oldindan shakllanayotgan edi.
«Takiye Dela» nashri jurnalisti Yana Kuchina ta’riflaganidek: «Biz yaxshi ishlarni noto‘g‘ri tartibda qilganimiz uchun aybdormiz». Ya’ni demokratiya uchun kurashish (bu qandaydir kulgili eshitiladi), Rossiya kelajagi uchun kurashish, mamlakatda hokimiyatni zo‘rlik bilan tortib olgan siyosiy rejimga qarshi kurashish o‘rniga, biz barchamiz o‘zimizning mayda-chuyda ishlarimiz bilan shug‘ullanganmiz. Boyroq va muvaffaqiyatliroq bo‘lganlar fondler, muzeylar, ko‘rgazmalar tashkil qilgan, go‘zal bog‘lar urbanistlar tomonidan qurib berilgan, buning uchun ularga rahmat. Kambag‘alroq bo‘lganlar esa oilasi bilan kun ko‘rish bilan band bo‘lgan. Barchamiz birgalikda mamlakatimizda yuz berayotgan voqealarning mudhishligiga ko‘z yumganmiz. Bu mudhish maxluq kattalashib, qo‘shnilariga hujum qildi. Endi esa biz barchamiz bunga daxldormiz, bunga aloqamiz bor.
P.S.
Bu urush qancha davom etishini bilmayman. Hozir dam olib, o‘zimga kelib olishim uchun menga biroz vaqt kerak. Men Rossiyaga qaytib bormoqchiman — u mening yurtim, u yerda mening oilam bor va men u yerda yashamoqchiman.
Novaya gazeta1, Yelena Kostyuchenko1, Roskomnadzor1, Senzura cheklovlari1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi