10:23 / 08.01.2023
541

Nima uchun ertalab oyoqlar og‘riydi? Undan qanday qilib xalos bo‘lish mumkin?

Nima uchun ertalab oyoqlar og‘riydi? Undan qanday qilib xalos bo‘lish mumkin?
Foto: Wday
Agar ertalab oyoqlar og‘riyotgan bo‘lsa, bu bir kun oldingi charchoq yoki organizmdagi jiddiy muammoning belgisi bo‘lishi mumkin. Davolash aniq tashxis qo‘yilgandan keyin shifokor tomonidan belgilanadi, ammo odam tuzalishni tezlashtirishi va og‘riq qaytalanishining oldini olishi mumkin. Buning uchun turmush tarzi va ovqatlanishni nazorat qilish kerak, deb yozadi Wday.

Ertalab oyoqlarda og‘riq paydo bo‘lishi sabablari

Ertalab oyoqlarda og‘riqni qo‘zg‘atadigan tashqi omillarga shikastlanish, mos bo‘lmagan poyabzal kiyish, uzoq yurish va noqulay holatlar kiradi. Ichki omillar qon aylanishining yomonligi, nervlarning qisilishi, yallig‘lanish va infeksiya tufayli yuzaga keladi.

Ertalabki oyoq og‘rig‘i quyidagilarning belgisi bo‘lishi mumkin:
- Artrit, artroz. Ushbu kasalliklar oyoq, boldir, oyoq barmoqlariga zarar yetkazishi mumkin.
- Podagra. Oyoqlarda og‘riq paydo bo‘ladi.
- Varikoz tomirlarining kengayishi. Boldir va oyoqlarda og‘irlik va og‘riq.
- Osteoporoz. To‘piqlardagi og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi.
- Tovon og‘rig‘i. Oyoq mushaklari yallig‘lanadi, natijada tovonlar juda og‘riydi.
- Tromboflebit. Boldir mushaklaridagi kuzatiladigan og‘riq.
- Yassi oyoqlar. To‘piqlarda og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi.
- Oyoqlarda nerv tolalarining shikastlanishi.
- Qon tomir kasalliklari.

Eritromelalgiya. Kasallik oyoqlarga ta’sir qiladi, og‘riqqa sabab bo‘ladi. Bu asosan o‘rta yoshli erkaklarga ta’sir qiladi. Ko‘pincha gipertoniya fonida va ma’lum dori-darmonlarni qabul qilishda paydo bo‘ladi.

Kunduzlari ko‘p kasalliklar hech qanday tarzda o‘zini namoyon qilmaydi. Ammo tungi dam olishdan so‘ng bo‘g‘im va mushaklar bo‘shashadi, kasallik belgilari ortadi, og‘riq paydo bo‘ladi.

Ertalab oyoqlardagi og‘riqni qanday bartaraf etish mumkin?

Buning uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
- qulay poyabzallarni tanlash;
- suyaklarni mustahkamlash, buning uchun ratsionda kalsiyga boy mahsulotlar bo‘lishi;
- fizioterapiya mashqlarini bajarish orqali bo‘g‘imlarni mustahkamlash;
- vaznni nazorat qilish.

Agar oyoqlar ko‘pincha charchoq yoki mos kelmagan poyabzaldan og‘rimasa, birinchi navbatda mutaxassislarga — flebolog, ortoped, travmatologga murojaat qilish kerak.

Oyoqlardagi og‘riqqa qarshi kurashishning yagona yo‘li — har kuni ertalabki mashqlar. Ammo buning oldini olish ham mumkin. To‘g‘ri ovqatlanish, yetarli miqdordagi jismoniy faoliyat, suv balansiga rioya qilish — bularning barchasi nafaqat bo‘g‘imlarga, balki butun organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shishning oldini olishdir.

Shuningdek:

1. Oyoqlar birlashtirilgan holda tik turiladi. Oyoq uchida imkon qadar baland ko‘tariladi va bu holatda 30 soniya turiladi. Keyin boshlang‘ich pozitsiyaga qaytildi. Ushbu mashqni 15-20 marta takrorlash kerak.

2. Keyingisi suyuqlikni tarqatish uchun gorizontal yuzaga yotgan holda oyoqlar yuqoriga ko‘tariladi. Ularni devorga qo‘yish mumkin. Bu holatda 15-20 daqiqa yotiladi.

Ushbu oddiy mashqlar oyoqlarning shishishini bartaraf etishga va og‘riqdan xalos bo‘lishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun ertalab oyoqlar og‘riydi? Undan qanday qilib xalos bo‘lish mumkin?