AQSH prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan yangi bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar XAMAS tinchlik kelishuvlariga amal qilmasa, Amerika Qo‘shma Shtatlarining mintaqadagi ittifoqchilari G‘azo hududiga qudratli harbiy kuchlar bilan kirishga tayyor turibdi.
Tramp ta’kidlashicha, hozircha XAMASning “to‘g‘ri qaror qabul qilishiga” umid mavjud. Biroq, agar ular tinchlikni saqlash bo‘yicha o‘z zimmasidagi mas’uliyatni bajarmasa, harakatning oqibati “juda tez va shafqatsiz” bo‘lishi mumkinligini uqtirdi.
Prezidentning bu so‘zlari XAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishuv jarayonlariga yana bir bor jiddiy e’tibor qaratdi. Tahlilchilarning fikricha, Vashingtonning bu qat’iy pozitsiyasi mintaqada tinchlikni saqlab qolishga bo‘lgan bosimni yanada kuchaytiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!