date

O‘zbekistonda zilzilani oldindan bashorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda zilzilani oldindan bashorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident tomonidan «Seysmik xavfsizlikni ta’minlash hamda seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Hujjat mamlakatda zilzila xavfini oldindan bashorat qilish, xavfsiz infratuzilmani yaratish va sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.

Farmonning asosiy yo‘nalishlaridan biri – madaniy meros obyektlari hamda yo‘l-transport inshootlarining zilzilabardoshligini doimiy monitoring qilish tizimini shakllantirishdir. Shuningdek, seysmik xavfsizlik sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt orqali ma’lumotlarni tahlil qilish va qurilish maydonlarida grunt mustahkamligini baholash kabi choralar belgilandi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab “A-373” va “M-39” avtomobil yo‘llari hamda ularga tutash tog‘li hududlardagi temiryo‘llar orqali radiolokatsion kosmik monitoring tizimi ishga tushiriladi. Bu tizim ko‘chki xavfini doimiy ravishda kuzatib boradi.

Shuningdek, seysmik faol hududlarda sun’iy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatli prognoz qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Dastlabki bosqichda bu amaliyot Toshkent shahrida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. 2026-yil 1-martdan esa bino va inshootlarning zilzilabardoshligi sun’iy intellekt tahlili orqali baholanadi.

Farmonning maqsadi — tabiiy ofatlar oqibatlarini oldindan bashorat qilish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashni yangi bosqichga ko‘tarishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda zilzilani oldindan bashorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi