date

Novak Jokovich va Krishtianu Ronaldu Lissabonda uchrashdi

Novak Jokovich va Krishtianu Ronaldu Lissabonda uchrashdi

Dunyo sportining ikki buyuk yulduzi — serbiyalik tennischi Novak Jokovich va portugaliyalik futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu Portugaliya poytaxti Lissabonda uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda sport OAVlari xabar tarqatdi.

24 karra «Katta dubulg‘a» turniri g‘olibi va jahon reytingining beshinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Novak Jokovich «Al Nasr» hujumchisi bilan mahalliy tennis klubida do‘stona suhbat qurdi.

Uchrashuv davomida ikki yulduz bir-biriga sovg‘a sifatida shaxsiy imzolari tushirilgan futbolkalar topshirishdi va qisqa tabrik so‘zlar yozib berishdi.

Bu muloqot nafaqat sport muxlislari, balki jahon OAVlari uchun ham qiziq voqeaga aylandi. Ular ikki sport afsonasining bir sahnada ko‘rinishi dunyodagi ikki turli sport turi o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni namoyon etdi, deb ta’kidlashdi.

Joriy mavsumda Novak Jokovich to‘rtta «Katta dubulg‘a» musobaqasining barchasida yarim finalgacha yetib bordi va Jenevadagi ATP-250 turnirida zafar quchib, professional faoliyatidagi 100-titulni qo‘lga kiritdi.

Krishtianu Ronaldu esa yaqinda klub darajasidagi 800-golini urdi. Uning hisobida «Real Madrid» safida 450, «Manchester Yunayted»da 145, «Yuventus»da 101, «Al Nasr»da 99 va «Sporting»da 5 gol mavjud.

Bu uchrashuv sport jamoatchiligi orasida “sportining ikki eng barqaror yulduzi bir sahnada” sifatida yodda qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Novak Jokovich va Krishtianu Ronaldu Lissabonda uchrashdi