Yig‘lamoqchimisiz, o‘zingizda charchoq, zo‘riqish va bezovtalik his qilyapsizmi? Bu stressning aniq belgilari. Stress nafaqat ish, balki munosabatlar, moliyaviy qiyinchiliklar va sog‘liq muammolari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan bu bir nechta omillarning kombinatsiyasi. Zamonaviy dunyoda stressning sabablaridan birini e’tiborsiz qoldirish odatiy hisoblanadi. Ammo bu hissiy va jismoniy farovonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ruhiy salomatlik jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘tgan yili odamlarning 74 foizi o‘zlarini depressiyaga tushgan va haddan tashqari hissiy qo‘zg‘alishi yuqori deb hisoblagan. Hissiy salomatlik bo‘yicha mutaxassis Tim Xipgreyv stressning eng muhim alomatlarini aniqladi.
Charchoq
Stress organizmga fiziologik ta’sir ko‘rsatadi, yurak urishi va nafas olishni tezlashtiradigan gormonlarni ishlab chiqaradi. Bunday yuk kishini charchatadi. Keyinchalik og‘ir bosqichlarda stress uyqusizlikka olib keladi. Gap shundaki, muammolar doimo boshda aylanadi, miya esa ularga to‘xtovsiz yechim topishga harakat qiladi.
Bruksizm
Tishlarni g‘ijirlatish yoki bruksizm hissiy beqarorlik va ortiqcha zo‘riqishning alomatidir. Bruksizm bora-bora tish muammolariga olib keladi, shuning uchun birinchi navbatda tashvishlanish darajasini minimallashtirishga harakat qiling.
Bosh og‘rig‘i
Ko‘pincha bosh og‘rig‘i ortiqcha zo‘riqish bilan bog‘liq. Ular 30 daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin, bu esa bo‘yin va yelkalarga ham og‘riq beradi.
Achchiqlanish
Haddan tashqari zo‘riqish kayfiyatning o‘zgarishiga kuchli ta’sir qiladi, ularni nazorat qilish qiyin. Stressni boshdan kechirayotganda, asab tizimi o‘ta sezgirlashadi, bu bizni ko‘proq asabiylashtiradi.
Yig‘lash istagi
Ba’zi stress turlari hissiy reaksiyalarga olib keladi. Ko‘zyoshi stressning salbiy ta’siri va og‘ir damlarni yengib o‘tishga yordam beradi. Yig‘lash stress gormonlarini chiqarib yuboradi. Shuning uchun yig‘lab olish ba’zan foyda beradi va o‘zingizni yengil his qilasiz.
Me’yordan ortiqcha ovqatlanish
Stress davrida aksariyat odamlar ortiqcha ovqatlanish yoki ko‘p ovqat iste’mol qilish istagidan aziyat chekadi. Vaqtinchalik qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganlarning ba’zilarida ishtaha yo‘qoladi. Ammo surunkali stress bo‘lsa, shirinlik va kraxmalli ovqatlarga nisbatan ehtiyojingiz ortadi.
Ijtimoiy izolyatsiya
Har bir inson o‘z hayotida butkul yolg‘iz qolishni xohlaydigan davrni boshdan kechiradi. Bordi-yu, izolyatsiya qilish istagi kechiktirilsa, bu stressning aniq belgisidir. Tashqi dunyodan yashirinish istagi mutlaqo tabiiy, ammo buning ijtimoiy hayotingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli ham yo‘q emas.
Immunitet pasayishi
Stress umumiy salomatlikka ziyon. Kortizol gormoni immunitetni pasaytiradi. Bu davrda odamlar shamollash va boshqa kasalliklarga osongina chalinadi.
Vahima hissi
Haddan tashqari zo‘riqish yurak urish tezligini oshiradi, bu esa haddan tashqari vahimaga olib keladi. Bu holda nafas qisilishi yoki giperventilatsiya kuzatilishi mumkin. Bunday paytda nafas olishni sekinlashtirishga va tinchlanishga harakat qiling.
Stressni qanday yengish kerak?
Stress belgilarini bilish zarur, ammo u bilan qanday kurashish kerakligini anglab yetish undanda muhimdir. Kamida bitta omilni topsangiz ham yordam so‘rang. Biror yaqiningiz bilan gaplashishga harakat qiling, vaziyatga boshqa tomondan qarang va mutaxassis bilan bog‘laning.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi