13:03 / 10.05.2023
371

O‘zingizda bor yoki yo‘qligini tekshiring: Gormonal buzilishlarning asosiy belgilari

O‘zingizda bor yoki yo‘qligini tekshiring: Gormonal buzilishlarning asosiy belgilari

Gormonlar odamni ko‘p jihatdan boshqaradi, ammo undagi muvozanating buzilishi hammani ham jiddiy xavotirga solmaydi. Gormonal birikmalar organizmdagi har bir hujayra va tizimga ta’sir qiladi. Keling, buning aslida nima ekani va sizda bunday buzilishlar bor-yo‘qligini qanday aniqlashni bilib olaylik, deb yozadi Wday nashri.

Gormonal nomutanosiblik

Gormonlar organizmning kimyoviy xabarchilaridir. Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan bu moddalar qon oqimi bo‘ylab harakatlanadi, to‘qimalar va organlarga ular nima qilish kerakligi haqida “aytadi”. Gormonlar organizmdagi ko‘plab asosiy jarayonlarini, jumladan, metabolizmni boshqarishga yordam beradi.

Gormonal muvozanat organizmdagi ma’lum bir gormonning juda ko‘p yoki kamligini ko‘rsatadi. Hatto, kichik o‘zgarishlar ham butun organizmda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Odatda, ayollarda menopauzadan keyin gormonal yetishmovchilik paydo bo‘ladi, ammo hozir bu yetishmovchilik tendensiyasi yosharib bormoqda. “Bunday holatda tos a’zolari ultratovush tekshiruvida aniqlanadigan polikistoz kabi kasalliklar paydo bo‘lib, ba’zi shikoyatlar bunday gormonal buzilishlarni ko‘rsatishi mumkin”, — deydi dermatology va kosmetolog Mariya Bondareva.

Gormonal yetishmovchilik belgilari

Gormonlar umumiy sog‘liqda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli gormonal muvozanatni ko‘rsatadigan ko‘plab alomatlar mavjud. Sizdagi alomatlar qaysi gormonlar yoki bezlar to‘g‘ri ishlamayotganiga bog‘liq bo‘ladi.

Soch to‘kilishi

Haddan tashqari soch to‘kilishi qalqonsimon gormonlar va testosteron tomonidan qo‘zg‘atiladi. Testosteron erkaklar uchun foydali bo‘lishiga qaramay, ayollarda bu gormonning ko‘pligi bora-bora kallikka olib keladi: muayyan sharoitlarda u soch follikulalarini yo‘q qiladi.

Ochlik

Ko‘pincha ayol me’yordan ortiq ovqat yeydi, ammo to‘yganini his qilmaydi. Bu gormonal xatolik yuz berganligi haqidagi signaldir. Gap shundaki, nomutanosiblik paytida grelin va leptin gormonlari darajasi pasayadi, ya’ni ular ovqatlanish xatti-harakati uchun javobgar gormonlardir.

Unutuvchanlik

Mashina kalitlarini qayerda qoldirganingizni eslay olmadingizmi? Ehtimol, bunga estrogen gormonining pasaygani sababdir. Fikrlashning tiniq emasligi kortizol darajasining pastligidan dalolat. Surunkali stress buyrak usti bezlarining kortizol ishlab chiqarishini davom ettira olmasligiga olib kelishi mumkin. Stress kortizolni ishlab chiqaradi, bu gormonning kichik dozalari organizm uchun foydalidir, ammo surunkali yuqori kortizol buyrak usti bezining charchashiga sabab bo‘ladi.

Vazn ortishi

Yuqori estrogen va past progestogen ayollarda, ayniqsa, bel sohasidagi kilogramm ortishiga olib keladi. Gormonlarni muvozanatlash diyeta va turmush tarzini o‘zgartirishni talab qilishi mumkin. Og‘irlikdagi keskin sakrashlar organizmdagi muammolardan darak beradi, shu bois muammoning nima ekanligini aniqlaydigan mutaxassis — endokrinologga murojaat qilgan ma’qul.

“Organizmda yodni o‘z ichiga olgan gormonlarning yetishmasligi tufayli metabolizm sekinlashishi kuzatiladi, bu esa o‘z navbatida vazn ortishiga olib keladi (to‘qimalarda suyuqlikni ushlab turish va yog‘lar erishi sekinlashishi tufayli)” — deydi Mariya Bondareva.

Uyqusizlik

Muvozatansiz uyqu progesteron gormonining yetishmasligiga sabab bo‘ladi. Amerikalik olim, uyqu bo‘yicha mutaxassi doktor Treysi Jonson bu gormonni osuda uyquga javobgar va tabiiy tinchlantiruvchi deb hisoblaydi.

Olimlarning fikricha, uyqu sifatining pasayishi ayollarda gormonal o‘zgarishlar natijasida, aniqrog‘i 50 yoshdan keyin paydo bo‘ladi, ammo hozirda bu alomatning yoshlarda kuzatilib, ularning soni keskin ortib bormoqda.

So‘nggi paytlarda endokrin organlar ishidagi funksional o‘zgarishlar, ya’ni kasallik tufayli emas, balki uyqu buzilishi, haddan tashqari stress, muvozanatsiz ovqatlanish yoki jismoniy faoliyatning yetarli emasligi sababli tobora ko‘proq ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Sog‘lom odamga endokrin kasalliklarning oldini olish uchun maxsus usullar kerak emas:

  • Sog‘liq haqida qayg‘uring;
  • Muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘ting;
  • Fitnes bilan shug‘ullaning, ovqatlanish tartibi va vaznni kuzatib boring;
  • Alomatlar paydo bo‘lishiga e’tibor bering.

Endokrin organlarning faoliyatini baholash uchun yagona universal tekshiruvlar ro‘yxati mavjud emas. Birinchi shubhali belgilarda salomatlik holatini umumiy baholash, simptomlar mavjudligi asosida har bir kishi uchun individual tekshiruv rejasini tuzadigan shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zingizda bor yoki yo‘qligini tekshiring: Gormonal buzilishlarning asosiy belgilari