15:23 / 11.05.2023
437

Har kuni zanjabil iste’mol qilsangiz, organizmda yuz beradigan 6 ta o‘zgarish

Har kuni zanjabil iste’mol qilsangiz, organizmda yuz beradigan 6 ta o‘zgarish

Zanjabil nafaqat ta’m xususiyati, balki organizmga foydali ta’sir ko‘rsatadigan boshqa xususiyatlar massasi bilan ham mashhur. Saraton kasalligini rivojlanish xavfini kamaytirish, immunitetni mustahkamlash, ovqat hazm qilishni normallashtirish — zanjabil qanday shifobaxsh mahsulot ekanidan dalolat beradi.

Saraton xavfini kamaytiradi

Foto: Marie Claire

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zanjabil mahsulotning achachiq ta’mi uchun mas’ul bo‘lgan gingerol moddasi tufayli saraton xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ayni paytda tadqiqot endigina boshlangan bo‘lsa-da, ijobiy ta’siri aniqlandi. Shu bois zanjabilni imkon qadar tez-tez diyetamizga kiritishimiz kerak.

Ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri

Shuningdek, zanjabil ovqat hazm qilishni yaxshilashga va ichak yallig‘lanishini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, u ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam beradi, chunki u tabiiy antibiotik hisoblanadi.

Og‘riqni kamaytiradi

Foto: Marie Claire

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 11 kun davomida 2 gramm zanjabil bilan og‘riqli mushakni uqalagan va iste’mol qilgan odamlarning mushaklaridagi og‘riqlar sezilarli darajada kamaygani haqida xabar bergan. Boy tarkibi tufayli zanjabil tabiiy og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatilishi mumkin.

Qonda qand miqdorining pasaytiradi

2015 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan 41 ishtirokchi kuniga 2 gramm zanjabil iste’mol qilgandan so‘ng qondagi qand miqdori 12 foizga pasaygan. Zanjabilning diabetni nazorat qilishda samaradorligini isbotlash uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etilsa-da, dastlabki natijalar qondagi qand miqdoriga foydali ta’sir ko‘rsatadi va fan keyingi tadqiqotlar zanjabil qandli diabetga qarshi kurashda qanday yordam berishini aniqlaydi.

Ozdiradi

Dunyo bo‘ylab ko‘p odamlar vazn yo‘qotishga harakat qilmoqdalar va qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Zanjabilni iste’mol qilish vazn yo‘qotishga yordam beradi, chunki u metabolizmni rag‘batlantiradi — bu, ayniqsa, odam iste’mol qiladigan ovqat miqdorini kamaytirganda juda muhimdir.

Foto: Marie Claire

Bundan tashqari, zanjabil o‘ziga xos ta’mga ega va ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mahsulot ishtahani kuchaytiradi.

Zanjabil boshqa mahsulotlar singari ayrim qarshi ko‘rsatmalarga ega. Masalan, gastrit, oshqozon yarasi, oshqozon-ichak trakti, jigar va yurak-qon tomir kabi tizimli kasalliklaridan aziyat chekadiganlar tomonidan iste’mol qilinmasligi kerak. Bundan tashqari, homiladorlikning so‘nggi va laktatsiya davrida zanjabildan foydalanish tavsiya etilmaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan xavf guruhlaridan birida bo‘lsangiz, zanjabilni iste’mol qilish haqida shifokor maslahatiga tayaning.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kuni zanjabil iste’mol qilsangiz, organizmda yuz beradigan 6 ta o‘zgarish