18:25 / 23.05.2023
428

Ko‘p terlaydiganlar bilishi kerak bo‘lgan foydali layfxaklar

Ko‘p terlaydiganlar bilishi kerak bo‘lgan foydali layfxaklar

Ko‘pchilik uchun ko‘p terlash haqiqiy muammodir. Kiyimdagi ter dog‘lari, yoqimsiz hid insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Bundan tashqari, ba’zilar nafaqat yozda issiq havo bo‘shlig‘ida, balki salqin havoda ham terlashadi.

Terlash — organizmning muhim funksiyasidir. Ter bilan birga toksinlar va zararli moddalar organizmdan chiqarib yurboriladi. Bu inson organizmining termoregulyatsiyasi uchun zarur: issiq havoda uni sovutib, haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi.

Agar qo‘ltiq osti ko‘p terlasa, samarasiz dezodorant haqida shikoyat qilishga shoshilmang. Yaxshisi, bu vaqtda nima qilish kerakligi haqida bilib oling.

Tabiiy matolardan tikilgan keng kiyimlarni kiying

Sintetik ko‘ylaklar va koftalarda organizm normal “nafas ololmaydi”. Paxta va zig‘irdan tayyorlangan kiyim-kechaklarda termoregulyatsiya me’yorda bo‘ladi va matoning o‘zi terni o‘zlashtiradi va qo‘ltiqosti quruq qoladi.

To‘q rangdagi kiyimlarni tanlang

E’tibor berganmisiz, sahroga boradigan badaviylar doim qora kiyim kiyishadi? To‘q ranglar quyosh nurlarini o‘ziga tortadi va agar kiyim sintetik matolardan tikilgan bo‘lsa, tanani qizdirib yuboradi.

Rangli kiyim nurlarni aks ettiradi va tana haroratini o‘zidan qaytaradi. Ma’lum bo‘lishicha, nur qaytib keladi va organizm undan qutulishga urinib, yanada terlaydi. Va ter dog‘lari to‘q matolarda kamroq seziladi, rangli kiyimlarda esa ular yoqimsiz sariq rangga ega bo‘lib qoladi.

Maxsus antiperspirantdan foydalaning

Do‘konlarda sotiladigan an’anaviy mahsulotlar ortiqcha terlash muammosini tubdan hal qila olmaydi. Bu paytda dorixona antiperspirantlari yordam beradi. Ular tarkibida alyuminiy tuzlarining yuqori konsentratsiyasi mavjud (bu modda ter bezlarini bloklaydi). Ularni faqat dermatolog tavsiya qilishi mumkin.

Antiperspirantni faqat toza teriga surting

Tozalanmagan teriga antiperspirantlarni qo‘llamang. Aks holda, qo‘ltiq terlayveradi. Bir vositani boshqasiga qo‘llaganingizda samaradorlik ham kamayadi. Shu bois yana dezodorant ishlatishingiz kerak bo‘lsa, avval dush oling yoki qo‘ltiqosti terisini antibakterial tozalovchi salfetkalar bilan tozalang, shundan keyingina undan foydalaning.

Kechasi terga qarshi vositadan foydalaning

Yotishdan oldin ter bezlari faolligi kamayadi, ya’ni dezodorantning faol moddalari ter chiqarish kanallariga chuqurroq kirib boradi va u yerda uzoq vaqt qoladi. Antiperspirantlardagi alyuminiy tuzlari ishlash uchun vaqt talab etadi. Ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng ular faollashadi.

Tez-tez dush qabul oling

Bakteriyalar ko‘payishiga imkoniyat qoldirmaslik uchun tez-tez yuvinib turing. Bundan tashqari, sovuq dush ko‘p terlashni kamaytirish va issiqda tanani sovutishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Terlashni kuchaytiradigan oziq-ovqat va ichimliklardan saqlaning

Bularga achchiq ziravorlar, qahva, gazlangan va alkogolli ichimliklar qo‘shilgan oziq-ovqatlar kiradi. Ular issiqlik ishlab chiqarishni va kuchli terlashni qo‘zg‘atadi (organizm shu tarzda o‘zini sovutishga harakat qiladi). Kofe o‘rniga issiqda sovuq choy iching, ko‘k choy yaxshiroq — u ham tetiklashtiradi.

Ko‘proq suv iching

Ko‘p terlashga qarshi kurashda o‘zingizni suvdan cheklashingiz shart emas, shu orqali chiqarilgan ter miqdorini kamaytiraman, deb o‘ylaysiz. Bu bilan nafaqat teskari ta’sirga, balki suvsizlanishga ham erishasiz. Suv ichish rejimiga rioya qiling, chanqoqlikdan saqlaning va kamroq terlashni boshlaganingizni ko‘rasiz. Gazlangan emas, faqat toza suv iching.

Stressni minimallashtiring

Foto: Lisa

Ehtimol, siz “terga botgan” iborasi bilan tanishsiz, bu ko‘pincha hissiy holat, xususan, stress va xavotir bilan bog‘liq. Ularni minimal darajada saqlang. Dam olishga va yetarlicha uxlashga harakat qiling (uyqu uchun kamida 7-8 soat vaqt kerak bo‘ladi). Issiq bo‘lgan soatlarda ko‘chada kamroq bo‘ling: issiqlik sizni yanada asabiylashtiradi.

Qo‘ltiqostini maxsus yostiqcha bilan himoya qiling

Qo‘ltiqosti yostiqchalari kiyimingizdan terni olib tashlashga yordam beradi. O‘zingizga qulayini tanlang: tikilgan, kiyimga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri teriga yopishtiriladigan bir martalik. Xavotir olmang, ular havo o‘tkazadi va terlatmaydi. Bundan tashqari, ular sizni terdan himoya qiladi, chunki antibakterial va dezodorizatsiya qiluvchi xusisiyatga ega. Ushbu yostiqchalar 20 soatgacha ter dog‘laridan qayg‘urmaslik imkonini beradi.

O‘zingiz bilan terga qarshi salfetkalar olib yuring

Agar tez-tez dush qabul qilish imkoniga ega bo‘lmasangiz, dezodorizatsiya qiluvchi maxsus salfetkalardan foydalaning. Ular nafaqat qo‘ltiqostini terlashdan, balki tananing kuchli terlashi mumkin bo‘lgan boshqa qismlari — oyoq, qo‘l va bo‘yinni ham himoya qiladi. Ularni ishlatishdan oldin allaqachon hosil bo‘lgan ter va bakteriyalarni olib tashlash uchun tozalovchi salfetkalardan foydalaning.

Vazningizni kuzatib boring

Yog‘ qatlami issiqlik chiqishini to‘sib qo‘yadi va tana kuchli terlaydi. Shuning uchun agar ortiqcha vazn muammosi bo‘lsa, bundan xalos bo‘lishga harakat qiling. Bu nafaqat terlashni kamaytiradi, balki umuman sog‘liq uchun foydali bo‘ladi.

Botoks inyeksiyalarini oling

Shifokor sizga gipergidroz tashxisini qo‘ygan bo‘lsa, u A tipidagi botulinum toksinini inyeksiya qilishni taklif qilishi mumkin. Ukol terining haddan tashqari terlash bo‘lgan joyida amalga oshiriladi. Botoks bezlardagi mushak va nervlarning o‘tishini bloklaydi va terining bu qismida terlash ma’lum vaqt davomida butunlay to‘xtaydi (va yoqimsiz hid yo‘qoladi).


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘p terlaydiganlar bilishi kerak bo‘lgan foydali layfxaklar