Tarvuz mavsumi boshlandi. Demak, tayyorlanish vaqti keldi. Diyetolog bilan birgalikda eng mazali va pishgan poliz ekinini qanday tanlashni o‘rganamiz. Mevaning sersuv mag‘zidan bahramand bo‘lish va sog‘liqqa maksimal foyda olish uchun bir nechta asosiy tavsiyalarga e’tibor qaratishingiz kerak.
Qobiqdagi rang va chiziqlar
Yorqin rangdagi qobiq mevaning yetilib pishganligi belgisidir. Tirnoqni qobiq bo‘ylab harakatlantirsangiz va uning yuqori qatlami yaxshi qo‘porilsa, demak, tarvuz pishgan.
Bundan tashqari, qobig‘ida yorqin sariq yoki to‘q sariq rangli nuqta bo‘lishi kerak (bu joy u yerga tegib turganini anglatadi). Bunday belgi tarvuzning uzoq vaqt davomida ildizdan oziqlanganligini va lazzatga to‘la ekanini ko‘rsatadi.
Ko‘rinishi va shakli
Yorilmagan, butun tarvuz olish kerak: mikroblar, bakteriyalar shirinliklarni juda yaxshi ko‘radi va issiqda tez ko‘payadi. Shakli turiga qarab yumaloq yoki oval bo‘lishi mumkin. Biroq dumaloq tarvuz shirinroq, oval esa suvli, deb ishoniladi.
Tarvuz dumini tekshirish
Savdo mavsumini iloji boricha tezroq boshlashni istagan vijdonsiz sotuvchilar pishmagan tarvuzlarni taklif qilishlari mumkin. Bu holatda tarvuz dumining turini va rangini baholash muhimdir.
Tarvuz dumi quruq va sariq-jigarrang bo‘lishi kerak. Sariq dum meva hali pishmaganligini, ta’mi va shirasi yo‘qligini bildiradi.
Vazni va hajmi
Yaxshi tarvuz katta, lekin nisbatan yengil bo‘ladi. Pishib yetilish jarayonida zichlik pasayadi. Hajmiga nisbatan juda yengil bo‘lgan meva uning haddan tashqari pishganligini va ko‘p namlik yo‘qotganligini ko‘rsatadi. Juda katta meva (10 kilogrammdan ortiq) sotib olinmasligi kerak. Balki u kimyoviy moddalar bilan o‘stirilgan bo‘lishi mumkin. Optimal vazn 5-10 kg.
Mag‘zining zichligi va tuzilishi
Yaxshi tarvuzning mag‘zi suvli, o‘rtacha qizil va shilimshiqsiz bo‘ladi. Yadrodan qobiqqa o‘tadigan tolalar sariq emas, oq, urug‘lar esa qora yoki jigarrang bo‘lishi kerak.
Yoqimli hid
Tarvuzdan yoz va tetiklik hidi keladi. Uning mag‘zi yoqimli hidga ega. Har qanday nordon hid ogohlantirish belgisidir. Bu tarvuzni tashlab yuborgan yaxshiroq.
Nitratsiz tarvuzni qanday tanlash mumkin?
Nitratsiz tarvuzni tanlash uchun mevani mavsum vaqtida sotib olishingiz va yuqorida tavsiflangan tanlov qoidalariga amal qilishingiz kerak. Misol uchun nihoyatda yorqin qizil mag‘iz, binafsha rang yoki sariq tolalar mevada nitratlar mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.
Nitratlar xavflidir, chunki ular nitritlarga aylanadi, bu esa gemoglobinning kislorod tashishiga to‘sqinlik qiladi. Bu yurak-qon tomir tizimi va immunitetning ishlashiga salbiy ta’sir qiladi: organizm hujayralari va to‘qimalarining normal nafas olishi buziladi.
Biroq tarvuzda nitratlarning mavjudligi yoki yo‘qligini ishonchli tarzda faqat laboratoriya sharoitida aniqlash mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring