15:22 / 30.06.2023
120

Nima uchun yetarlicha uxlaydiganlarning beli kamroq og‘riydi?

Foto: “Noviy ochag”

 Beldagi og‘riqlar erkaklar ham, ayollar ham shifokorga murojaat qiladigan eng keng tarqalgan shikoyatlardan biridir. Bundan tashqari, aksariyat hollarda og‘riq sindromi noto‘g‘ri olib borilgan turmush tarzi bilan bog‘liq. Sakkiz soatlik uyqu bel va umurtqa pog‘onasi salomatligiga qanday ta’sir qilishini quyida bilib olasiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Nima uchun og‘riq paydo bo‘ladi?

Agar bemor shifokorga og‘riq shikoyati bilan kelgan bo‘lsa, taxminan 30 foiz hollarda bu mushak-skelet tizimining og‘rig‘i bo‘lib, yumshoq to‘qimalarning turli elementlari shikastlanishi yoki yallig‘lanishi natijasida yuzaga keladi. Ko‘pincha bel, umurtqa pog‘onasi, sonlar, yelka va bo‘yin aziyat chekadi. Shu bilan birga bemorlarning yarmida bir vaqtning o‘zida bir nechta sohalarda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.

Eng ko‘p uchraydigan sabablar — ortiqcha jismoniy faollik yoki harakatsiz turmush tarzi, gipotermiya, semirib ketish va stressdir.

Og‘riqning uyqu bilan qanday bog‘liqligi bor?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, agar dunyo aholisi faolroq turmush tarzini olib borganda yiliga 5 milliongacha o‘limning oldini olish mumkin bo‘lar edi. Doimiy jismoniy faollik, jumladan, faol dam olish yurak xastaliklari, insult, qandli diabet xavfini kamaytirishi, gipertoniyaning oldini olish, ruhiy salomatlikni tartibga solish va umumiy hayot sifatini yaxshilashga yordam berishi isbotlangan.

Bundan tashqari, kun davomida yetarlicha harakat qiladiganlar og‘riqdan shikoyat qilish ehtimoli kamroq. Ammo keng tarqalgan muammo bor: megapolislarning ko‘plab aholisi jismoniy faoliyat uchun kuchga ega emas. Oila, ish, uy ishlari — ko‘pincha biz sport uchun energiya qolmaganligini eshitamiz. Bu energiyani olish uchun nima qilish kerak? Sifatli uxlash kerak! Shuning uchun tez-tez og‘riqdan xavotirda bo‘lganlar uchun eng oqilona yechim erta turish va mashqlar qilish emas, balki birinchi navbatda erta yotish bo‘ladi. Keyin ertasi kuni juda ko‘p kuch to‘planib, mashqlar zavqli o‘tadi va kun davomida jismoniy faoliyat uchun yetarli energiya bo‘ladi.

Faol turmush tarzi. Sizning faoliyat rejangiz

Foto: “Noviy ochag”

 

Kuniga 6-8 soat uxlang. Yetarlicha uyqu yurish, jismoniy faollik, samarali mehnat uchun energiya va kuch beradi, gormonlar (leptin va grelin, ochlik, yog‘ sarflash va mushaklarning o‘sishi uchun mas’ul bo‘lgan o‘sish gormoni) darajasiga ta’sir qiladi.

Tez-tez turing. Olimlar uzoq vaqt davomida o‘tirgan holatda bo‘lish, hatto, muntazam ravishda mashq qilsangiz ham, organizmga zararli ekanligini isbotladilar. O‘tirgan turmush tarzi bilan mushaklar va qon tomirlari spazmlari paydo bo‘ladi, holat yomonlashadi, bo‘yin, yelka, bel va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi. Misol uchun ofis xodimlariga har soatda kichik tanaffus ya’ni tanani qizdirib olish tavsiya etiladi. Ofis atrofida yurishingiz, sovutkichdan bir stakan suv quyib ichishingiz, tik turganingizda telefonda gaplashishingiz yoki liftda yurishni cheklashingiz, uning o‘rniga zinapoyadan foydalanishingiz mumkin.

O‘zingizga yoqadigan sport turini toping. Bu yugurish, yurish, pilates, raqs, futbol yoki velosiped minish bo‘lishi mumkin. Agar siz anchadan beri mashq qilmagan bo‘lsangiz, mashg‘ulotlarni ikki soatlik yugurish yoki kuchli CrossFit bilan boshlamang. Ushbu yondashuv natijaga olib keladigan yo‘lni tezlashtirmaydi, aksincha, shikastlanishga, umumiy farovonlikning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Faoliyatni oshirish. Agar sport bilan shug‘ullanish uchun yetarli vaqt bo‘lmasa, kun davomida o‘zingiz uchun bir necha o‘n daqiqalik yurishlarni tashkil qiling. Agar mashinadan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ko‘chaning narigi chetida to‘xtang, shunda siz belgilangan joyga piyoda borishingiz mumkin. Agar jamoat transportidan foydalansangiz, metroga piyoda borishga harakat qiling yoki yer usti transportidan foydalansangiz, bir bekat oldin tushing. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kun davomida qisqa yurishlar kayfiyatni yaxshilaydi va charchoq hissini kamaytiradi.

Foto: “Noviy ochag”

 

Og‘riqni qanday davolash mumkin?

Mushak-skelet tizimining og‘rig‘ini davolash uchun kombinatsiyalangan yondashuv tavsiya etiladi: markaziy ta’sir qiluvchi mushak tinchlantiruvchi va steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilarni (NSAID) tayinlash. NSAID guruhining preparatlari ko‘pincha mushak-skelet tizimining og‘rig‘i bilan yuzaga keladigan yallig‘lanishni bartaraf etadi, shuningdek, o‘tkir og‘riq sindromini to‘xtatadi. Mushak tinchlantiruvchilari o‘z navbatida mushaklardagi kuchlanishni yengillashtiradi.

Aynan shu kombinatsiyalangan dori terapiyasi davolanish muddatini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini beradi.

Bu yoki boshqa dori-darmonlarni buyurish uchun siz mutaxassis bilan bog‘lanishingiz kerak va ba’zi mushak reloksantlari bosh aylanishi va uyquchanlikka olib kelishi mumkinligini yodda tuting. Bundan tahsqari, NSAIDlarni qo‘llash oshqozon-ichak trakti va yurak-qon tomir tizimidagi asoratlar bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli mavjud. Biroq bunday reaksiyalarning xavfi yo‘q yoki minimal bo‘lgan dorilar bor — bunday dorilar haqida mutaxassisdan so‘rab bilib oling.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun yetarlicha uxlaydiganlarning beli kamroq og‘riydi?