Foto: “Noviy ochag”
Keksa odamlar qishda terining qizarishi va suyak sinishgacha bo‘lgan ko‘plab xavf-xatarlarga duch keladi, surunkali kasalliklar ham o‘zini namoyon qiladi. Xo‘sh, qanday qilib ularning salomatligini saqlash kerak? “Noviy ochag” nashri quyida ushbu savolga javob berdi.
Surunkali kasalliklarning kuchayishi
Fasl almashish paytida keksa odamlar surunkali kasalliklar kuchayishining barcha belgilaridan shikoyat qila boshlaydi: bosh og‘rig‘i, nafas qisilishi, yurak og‘rig‘i va boshqa kasalliklar. Bunday mavsumiy kuchayishning asosiy sababi immunitetning pasayishi hisoblanadi. Issiq mavsum sovuqqa o‘zgarganda, keksa odamning immunitet tizimi haqiqiy stressni boshdan kechiradi. Bu holatga ko‘plab xavf omillari ham sabab bo‘ladi: harakatsiz turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, uyqusizlik, psixo-emotsional muammolar.
Ko‘pincha sovuq mavsumda urologik kasalliklar kuchayadi, masalan, sistit yoki siydik pufagining yallig‘lanishi. Buning oldini olish uchun birinchi qoida — mavsumbop issiq kiyim kiyish va ortiqcha sovuq qotmaslikdir. Profilaktik chora sifatida ko‘p miqdorda suv ichish kerak, bu peshob konsentratsiyasini kamaytiradi va siydik pufagini himoya qiladi. Bundan tashqari, klyukva sharbati (antibakterial xususiyatlarga ega), shuningdek suyultirilgan sharbatlar yoki o‘simlik preparatlaridan foydalanish mumkin.
Sovqotish va gipotermiya
Termoregulyatsiya atrof-muhit sharoitidan qat’i nazar barqaror ichki tana haroratini saqlash muhim jarayondir. Keksa odamlarda termoregulyatsiya buzilishi xavfi yuqori. Bu yurak-qon tomir patologiyalari, mushak to‘qimalari hajmining pasayishi va uning funksiyalarining buzilishi hamda metabolizmning pasayishi tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Jismoniy faollikning yetishmasligi ham ta’sir qiladi. Shuning uchun qishda uzoq vaqt tashqarida bo‘lish gipotermiya va hatto sovuq qotishga olib kelishi mumkin. Ob-havoga qarab kiyinish juda muhim, tabiiy matolardan tikilgan kiyimlarni tanlash afzalroq bo‘lsa-da, sintetika issiqlikni yaxshiroq saqlaydi. Tana isitish uchun energiyaga muhtoj, shuning uchun muntazam ravishda va yetarli miqdorda oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Agar tashqari sovuq bo‘lsa, unda kamroq ko‘chaga chiqish lozim, lekin toza havoga chiqishdan butunlay voz kechish tavsiya etilmaydi.
Suvsizlanish
Kutilmagan fakt, ammo suvsizlanish xavfi nafaqat yozda, balki qishda ham kuzatiladi. Sovuq havoda chanqoq unchalik sezilmaydi, lekin organizmdagi suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoj kamaymaydi. Vaziyat isitish moslamalari yoki xonadagi quruq havo bilan yomonlashishi mumkin. Shuning uchun qishda yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilish ham juda muhimdir. O‘rtacha kuniga 1 kilo tana vazniga 1500-2000 ml yoki 30 ml ichish tavsiya etiladi.
Shamollash
Qish shamollash va gripp mavsumidir. 65 yoshdan keyin inson immunitet tizimida o‘zgarishlar boshlanadi va zaiflashadi. Birgalikdagi surunkali kasalliklar tufayli organizm infeksiyani bartaraf eta olmaydi, asoratlar paydo bo‘ladi. Natijada gripp epidemiyasi davrida surunkali o‘pka kasalliklari va yurak-qon tomir patologiyalari bo‘lgan keksa bemorlarda o‘lim xavfi o‘n barobar ortadi. Shuning uchun sovuq mavsumda sog‘likka alohida e’tibor berish, jismoniy faollikni saqlash va to‘g‘ri ovqatlanish kerak. Emlash gripp va pnevmoniyadan himoya qilishga yordam beradi.
Teri qurishi va qizarishi
Qishki sovuqlar terining qichishishi va qizarishini keltirib chiqarishi mumkin. Teri uzoq vaqt davomida shamol, sovuq va namlikning salbiy ta’siriga duchor bo‘ladi. Nozik va quruq teriga ko‘proq ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilish va namlash, tozalash va yumshatish uchun maxsus mahsulotlardan foydalanish kerak. Bunday holda, oziqlantiruvchi va yumshatuvchi kremlar yordam beradi.
Kamdan kam hollarda terining qichishishi qizil toshma bilan birga kuzatilishi mumkin. Bu sovuqqa allergiyaning odatiy belgilari. O‘zboshimchalik bilan davolanish yoki xalqona usullardan foydalanish samarasiz. Profilaktik choralarga rioya qilish tavsiya etiladi: ko‘chaga chiqishdan oldin teriga himoya kremi, lablarga balzam surtish, sovuqda imkon qadar yuz va qo‘llarni yopish, ratsionda A, E, B guruhi, temir, kalsiy, rux, kaliy, selen vitaminlariga boy mahsulotlarining bo‘lishi.
Yiqilish tufayli kelib chiqqan jarohatlar
Kuz-qish davrida qariyalarda yiqilish va shikastlanish xavfi sezilarli darajada oshadi. 65 yoshdan oshgan odamlarning deyarli uchdan bir qismi va 80 yoshdan oshganlarning yarmi yiliga kamida bir marta bu hodisani boshdan kechiradi. 85 yoshdan oshgan har ikkinchi odam yiqilishdan keyin mustaqil harakat qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Osteoporozli odamlar uchun yiqilish juda ham xavflidir. Suyak zichligining pasayishi tufayli jiddiy jarohatlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qishda toymaydigan tagliklari bo‘lgan qulay poyabzal kiyish tavsiya etiladi. Mushaklarni mustahkamlash va muvozanatni yaxshilash uchun mashqlar bajarish foydali bo‘ladi. Ratsionga kalsiy va D vitaminiga boy mahsulotlarini qo‘shish tavsiya etiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring