00:02 / 20.01.2024
400

Qaysi kasalliklarda choy ichmaslik tavsiya etiladi?

Qaysi kasalliklarda choy ichmaslik tavsiya etiladi?

Foto: Marie Claire

Choy sog‘liq uchun juda foydali, ammo ba’zi kasalliklar tufayli undan voz kechgan yanada yaxshi. Choyning ko‘k va qora navlari bir xilda foydali hisoblanadi. Darhaqiqat, u yurak-qon tomir tizimining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, qonda shakar darajasini nazorat qilish, metabolizmni tezlashtirish va hatto yoshga bog‘liq kognitiv buzilishlar xavfini kamaytirishga yordam beradigan foydali antioksidantlarga boy.

Shifokorlar kuniga ikki yoki uch stakan issiq ichimlik ichishni tavsiya qiladi, ammo ba’zi surunkali va hatto o‘tkir kasalliklar mavjud bo‘lganda, choydan voz kechish yaxshiroqdir. Bu qaysi kasalliklar ekanini quyida bilib oling.

Buyraklarda tosh bo‘lsa

Ko‘k choyda juda ko‘p oksalotlar – oksalat kislotasi tuzlari mavjud. Agar ushbu ichimlik muntazam ravishda ichilsa, tuzlar organizmda to‘planib, buyrak yoki o‘t pufagida tosh paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Agar bu kasallikdan aziyat cheksangiz, ko‘k choy ichish vaziyatni yomonlashtirishi mumkin.

Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi

Qora va ko‘k choyda mavjud bo‘lgan teofillin fosfor kislotasi birikmasini ishlab chiqarishni bostirishi mumkin, bu esa oshqozon kislotasi sekretsiyasining oshishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, yangi yaralar paydo bo‘lishiga va mavjud bo‘lganlarning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Ateroskleroz va gipertoniya

Choy, ayniqsa ko‘k choy, qahvaga qaraganda ko‘proq kofeinga ega. Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilgan teofillin qo‘shimcha ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Bu moddalar birgalikda miya yarim korteksini faolroq ishlatadi, buning natijasida qon tomirlari torayadi, bu esa bosimning oshishiga va hatto tromblar shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Osteoporoz

To‘g‘risini aytganda, 50 yoshdan keyin hamma choy iste’molini ma’lum miqdorda cheklashi kerak. Bu yoshda kalsiyning faol yuvilishi tufayli suyaklar yanada mo‘rtlashadi va choyda mavjud ftor suyaklarda to‘planib, ularni yanada zaifroq qiladi. Ammo osteoporozdan aziyat chekadiganlar, yosh bo‘lsa ham choydan voz kechishi kerak.

Anemiya

Choy temir molekulalarini organizm tomonidan so‘rilishini buzishga qodir, ayniqsa, ovqatdan keyin darhol ichilsa. Bunday xulosaga 2011 yilda Kaliforniya universiteti mutaxassislari kelgan. Shuning uchun, agar kamqonlik tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, choy ichishdan voz kechish yoki hech bo‘lmaganda ovqatdan keyin darhol ichmaslik yaxshiroqdir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi kasalliklarda choy ichmaslik tavsiya etiladi?