date

Del Piero: "Yuventus"ning muammosi murabbiyda emas

Del Piero: "Yuventus"ning muammosi murabbiyda emas
Afsonaviy "Yuventus" futbolchisi Alessandro Del Piero jamoaning hozirgi mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarini sharhlab o'tdi. Yakshanba kuni “Bianconeri” Rimda “Latsio”dan minimal hisobda mag‘lubiyatga uchrab, ketma-ket uchinchi o‘yinda yutqazdi.

Turin klubi sakkizta o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozona olmayapti. Matbuotda esa murabbiy Igor Tudorning iste'fosi haqida faol muhokamalar davom etmoqda.

"Mening fikrimcha, muammo faqat Tudor bilan bog'liq emas. Bu ancha murakkab masala. Gap jamoaning qanday tashkil etilgani, futbolchilarning o'zaro tushunishi va ularning o'yin sifati haqida. Muvaffaqiyatsiz natijalar fonida futbolchilar o'zlarini tobora yomonroq his qilishmoqda," – dedi Del Piero "Gazeta.Ru" bilan suhbatda.

A Seriya turnir jadvalida "Yuventus" sakkizta o‘yin natijasiga ko‘ra 12 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Del Piero: "Yuventus"ning muammosi murabbiyda emas