15:13 / 22.02.2024
149

Nega ozish uchun qilingan harakatlar kutilgan natijani bermaydi?

Nega ozish uchun qilingan harakatlar kutilgan natijani bermaydi?
Foto: Zdorovo gotovim
Doimiy parhez, shirinlik va non mahsulotlaridan o‘zni tiyish ozishga yordam bermayaptimi? Demak, qayerdadir xatolikka yo‘l qo‘ygansiz.

Parhez qilishni boshlagan inson, odatda, foydali mahsulotni iste’mol qilayotgan paytda uning diqqat-e’tibori taomning foydasida emas, balki uning mazali emasligida bo‘ladi. Aytaylik, ko‘kat va sabzavotlardan salat yeb turgan paytingiz shirinlikni qo‘msab o‘tirasiz. Bunday yo‘l bilan to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga o‘tish mushkul bo‘ladi va bu hayotingiz sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Diyetolog mutaxassislar zararli mahsulotlardan voz kechish bilan birgalikda sog‘lom ovqatlanish tartibini chindan sevish lozimligini ta’kidlaydi. Qanday qilib deysizmi? Quyida shu haqda so‘zlashamiz.

Realist bo‘ling

Agar shakarli va non mahsulotlaridan to‘liq voz kechishga ko‘zingiz yetmasa, unda haftasiga bir marotaba ozgina shirinlik yeyishga o‘zingizga ruxsat bering. Darhol jiddiy parhezga o‘tish ko‘pchilikning ruhiyatini qiynab qo‘yishi tabiiy.

Ovqatni “yaxshi” va “yomon”ga ajratmang

Foydali va parhezbop mahsulot iste’mol qilyapman degan o‘yda biror mevani haddan ortiq yeb qo‘yish ham parhez qoidalariga ziddir. Me’yoridan ortiq mevalar qondagi glyukoza miqdorini oshiradi. Me’yor kerak.

Kunlik maqsadlar qo‘ying

Ko‘pgina ayollar ozishdan avval oldinga uzoq muddatli maqsadlar qo‘yadi: “2 oyda 10 kg vazn tashlash”, “dugonam vazniga yetib olish”, “kelinlik davrimda kiygan ko‘ylakka qayta sig‘ish”. Bunday maqsadlar nisbatan uzoq muddatni talab etadi va qisqa fursatda natija ko‘rmagach, parhezdan hafsalangiz pir bo‘ladi.

Istalgan natijaga erishish uchun o‘zingizga to‘g‘ri motivatsiya berishingiz lozim. Bu esa maqsadlarni qismlarga bo‘lish va kichik muvaffaqiyatlar orqali asosiy maqsadga yetish orqali amalga oshiriladi. Bugun non yemang, ertaga 3 km yuguring, boshqa kun tushlikka salat iste’mol qiling. Bunday kichik maqsadlarni bajarish orqali o‘zingizga bo‘lgan ishonch va hurmat oshadi. G‘urur tuyg‘usi esa eng yaxshi motivatsiyadir.

O‘zingizga mos parhez usulini toping

Boshqalarning parhez turi sizga ham mos keladi deb o‘ylash xato. Barchaning organizmi va metabolizmi farq qiladi. Kimgadir muvozanatli ovqatlanish va yaxshi uyqu rejimi yordam beradi, boshqalarga esa faqat jiddiy parhez va sportgina kor qiladi. Samarali parhez turini aniqlash uchun o‘z organizmingizga quloq soling yoki diyetologga murojaat qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega ozish uchun qilingan harakatlar kutilgan natijani bermaydi?