16:37 / 27.06.2024
301

Bosh miya faoliyatini yaxshilashning 10 ta sinalgan usuli

Bosh miya faoliyatini yaxshilashning 10 ta sinalgan usuli
Miyaning umumiy salomatligi asab tizimi, teri va boshqa organlar kabi muhimligi shubhasiz. Xotira, diqqat va kognitiv funksiyalarni yaxshilash uchun mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan quyidagi bir nechta usullarni sinab ko‘rishingizni tavsiya etamiz. Buning uchun she’r yod olish yoki aqliy mashqlarni bajarishdan tashqari, organizmning umumiy holatiga ham e’tibor berish lozim.

Foto: iStock
Yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ling

Bosh miya ham tana kabi mashq qilib turishga muhtoj. Yangi bilimlarni egallash miyadagi neyronlar orasida yaxshi aloqa o‘rnatadi va xotira mustahkamlanadi. Bolaligimizda biz doimiy izlanishda, biror narsani o‘rganish payida bo‘lamiz. Ulg‘aygach, bunday odatni sekin-asta tark etamiz. Natijada har kuni bir xil va tanish ishlarni bajarishga o‘rganib qolgan miya rivojlanishdan ortda qol boshlaydi va xotira, diqqat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Shuning uchun yangi ilmlarni o‘rganish va kashf qilishdan to‘xtamaslik muhim. Masalan, til o‘rganish, raqsga tushish yoki yangi hobbiga ega bo‘lish mumkin.

Miya uchun foydali mahsulotlarni iste’mol qiling

To‘g‘ri ovqatlanish nafaqat oshqozon, ichaklar salomatligiga, balki bosh miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Foydali minerallar, vitaminlar va antioksidantlarga boy taomlar miyani charxlaydi, ko‘p miqdorda shakar yeyish esa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Taomnomada miya uchun zarur quyidagi mahsulotlar bo‘lishiga ahamiyat bering: yog‘li baliq, ko‘katlar, rezavorlar, zaytun moyi, avokado, zig‘ir va chia urug‘lari, loviya, yasmiq, no‘xat va boshqa donli ekinlar.

Organizm suvsizlanishiga yo‘l qo‘ymang

Foydali ozuqa moddalarning bosh miyaga yetib borishi uchun suv kerak. Shuning uchun mutaxassislar tongni bir stakan iliq ichimlik suvi bilan boshlashni tavsiya qiladi. Tanada suv balansi normal holatda bo‘lganda energiya, diqqat va yaxshi kayfiyat sizni tark etmaydi.

Omega-3 ning siz uchun optimal miqdorini iste’mol qiling

Foto: Shutterstock
Bosh miyaning 60 foizdan ortiq qismi yog‘lardan iborat. Omega-3 yog‘ kislotalari barcha hujayra membranalarining muhim qismini tashkil qiladi. Shuning uchun baliq mahsulotlari, jumladan, yog‘li baliq, losos, skumbriya, sardelya, seld va anchous kabilarni ko‘proq iste’mol qiling.

Har kuni faol hayot tarzini olib boring

Muntazam jismoniy faol bo‘lish aqliy zaiflik kasalliklari, xususan, demensiya va Alsgeymer rivojlanish xavfini 30 foizgacha kamaytiradi. Jismoniy mashqlar va har qanday sport turi miya va yurak uchun ham foydalidir. Hatto uzoq masofaga yurish, raqsga tushish, bog‘dorchilik, pilates kabi o‘rtacha qiyinlikdagi mashqlar aqliy qobiliyatni yaxshilaydi va asab tizimini tinchlantiradi.

Sirkad ritmingizga amal qiling

Sirkad ritmlar biologik soatimiz bo‘lib, u uyqu va uyg‘onish, gormonlarni me’yor bilan ishlab chiqarish, metabolizm tezligi va stressga chidamlilik uchun javobgardir. Oddiy qilib aytganda, sirkad ritm insonning biologik soatidir. Ushbu tizimni buzmaslik uchun individual uyqu va kundalik tartibingizni ishlab chiqing va unga amal qiling.

To‘yib uxlashni unutmang

Inson hayotining deyarli uchdan bir qismini uyquda o‘tkazadi, shuning uchun uyqu miyaning salomatligi uchun zarur biologik jarayon hisoblanadi. Biz dam olgan vaqtda organizmda detoksifikatsiya jarayonidan o‘tadi.

Atrofdagilar bilan muloqot qilish uchun vaqt toping

Foto: Getty Images
Ijtimoiy faol bo‘lish va muloqot miyada yangi neyron aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Shu sababli do‘stlar davrasidagi oqshomda bo‘lib o‘tgan suhbatlar bizda ijobiy hislarni qoldiradi.

O‘zingizga nisbatan ongli bo‘lishni mashq qiling

Kun davomida o‘zingizga savol bering: “Men o‘zimni jismonan va hissiy jihatdan qanday his qilyapman?”. Organizmingizga quloq tutishni o‘rganing, umumiy holatingizga e’tibor qarating. Yoki kundalik tutib, tanangiz berayotgan signallar asosida o‘z jismoniy va ruhiy salomatligingizni tahlil qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bosh miya faoliyatini yaxshilashning 10 ta sinalgan usuli