
Seshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasining beshinchi turi doirasidagi muhim uchrashuvda «Manchester Siti» o‘z uyida Germaniyaning «Bayer» klubiga mezbonlik qiladi. O‘yin oldidan «Siti» klubining bosh ustozi Xosep Gvardiola matbuot konferensiyasida jamoadagi holat haqida bayonot berdi.
Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachilar Rodri va Mateo Kovachich ertangi bahsda maydonga tushmaydi. "Qolganlarning hammasi ertaga o‘ynaydi," dedi murabbiy. Rodrining qachon safga qaytishiga kelsak, mutaxassis aniq muddatni bilmasligini ta’kidladi. "Uning to‘liq tiklanganiga amin bo‘lish uchun biroz kutamiz," — deya qo‘shimcha qildi ispaniyalik murabbiy.
«Manchester Siti» va «Bayer» o‘rtasidagi bu qiziqarli to‘qnashuv 25-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.