date

Shomurodov gol urgan bahsda "Istanbul Bashakshehir" kambek qurboni bo‘ldi

Shomurodov gol urgan bahsda "Istanbul Bashakshehir" kambek qurboni bo‘ldi

Turkiya Superligasining 12-turida Nuri Shaxin boshchiligidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘z uyida "Trabzonspor"ni qabul qilib, tomoshabop va alamli bahsda 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchisi Eldor Shomurodov uchrashuv davomida yana bir golga mualliflik qilib, o‘z jamoasiga katta yordam berdi.

Qizil kartochka va Shomurodovning goli

Bellashuv dramatik tarzda boshlandi: 10-daqiqadayoq "Bashakshehir" futbolchisi Festi Ebosele qizil kartochka tufayli maydondan chetlatildi. 10 kishi bo‘lib qolgan mezbonlar 22-daqiqada Devi Zelkening penaltidan urgan goli bilan hisobni ochdi (1:0). 37-daqiqada Felipe Augusto muvozanatni tikladi. Ammo 45-daqiqada Eldor Shomurodov sherigining uzatmasidan so‘ng ajoyib bosh zarbasi bilan darvozani ishg‘ol etib, jamoasining tanaffusga 2:1 hisobida g‘olib sifatida chiqib ketishini ta’minladi.

So‘nggi daqiqalardagi shiddat

Ikkinchi bo‘limda ham shiddat to‘xtamadi. 76-daqiqada Pol Onuachu penaltidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi (2:2) va to‘purarlar ro‘yxatida hamyurtimizga yetib oldi. Bir daqiqa o‘tar-o‘tmas "Trabzonspor" hujumchisi Ernest Muchi jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi (2:3). O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Yildirim hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi, bu "Bashakshehir" uchun qahramonona natija edi. Lekin 90+11-daqiqada aynan Ernest Muchi ikkinchi golini urib, mehmonlarga zafar keltirdi (3:4).

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, "Istanbul Bashakshehir" 13 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. "Trabzonspor" esa 28 ochko bilan 3-o‘rinni mustahkam saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov gol urgan bahsda "Istanbul Bashakshehir" kambek qurboni bo‘ldi