
Aka-ukalar oilaviy fermada ishlashardi. Kattasi oilali bo‘lib, ko‘p farzandlari bor, ikkinchisi esa hali bo‘ydoq edi. Har kun oxirida aka-uka topgan foydani teng ikkiga bo‘lishardi.
Bir kuni uylanmagan uka o‘ziga-o‘zi shunday debdi: «Foydani teng taqsimlayotganimiz insofdan emas. Akamning bola-chaqasi bor, chiqimlariyam shunga yarasha. Men bir o‘zim bo‘lsam, shunga yarasha, mening ehtiyojim ham u qadar katta bo‘lmasa». o‘ylab turib, tunda o‘z omboridan bir qop bug‘doyni olib, sekingina akaning omboriga to‘kib keldi. Keyin u shunga odatlandi: har tun o‘z bug‘doyidan olib borib, akaning omboriga to‘kib keladigan bo‘ldi.
Aka esa o‘zicha mushohada yuritardi: «Foydani teng bo‘lishimiz to‘g‘ri bo‘lmayapti. Mening oilam, xotinim va bolalarim bor, ular qariganimda men haqimda qayg‘urishadi. Ukam esa yolg‘iz, kelajakda kim u haqda o‘ylaydi?» Shularni o‘ylab turib, aka har tun o‘z omboridan bug‘doy olib ukasinikiga to‘kib ketishni odat qildi.
Yillar o‘tgani sayin aka-uka omborlaridagi bug‘doy sirayam kamaymayotganidan hayratlanishardi. Bir kuni tunda ular omborda o‘zaro to‘qnash kelib qolib, hammasini tushunishibdi. Aka-uka qoplarini tashlab, bir-birini quchib olishibdi.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar