
"Juzeppe Meatssa" stadionida Milanning "Inter" klubi Chempionlar ligasi to‘rtinchi turida Olmaotaning "Qayrat" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Italiyaliklar o‘yinni nazorat qilib, ikkinchi bo‘limda g‘alabani qo‘lga kiritishdi — 2:1. "Inter" o‘yinni faol boshladi va 45-daqiqada Lautaro Martines hisobni ochdi.
Hujumchi Dyumfrisning uzatmasidan keyin to‘pni qayta tepib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Qozog‘iston klubi taslim bo‘lmadi.
Burchak to‘pi o‘ynalganidan so‘ng Ofray Arad aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Jamoalar tanavvusga teng imkoniyatlar bilan chiqishdi.
Ikkinchi bo‘limda "Inter" o‘yinda ishonchliroq harakat qilib, Anarbekov darvozasi tomon ko‘proq xavf tug‘dirdi. "Qayrat"ning zich himoyasiga qaramay, mezbonlar o‘z maqsadlariga erishishdi.
69-daqiqada Karlos Augusto jarima maydoni chizig‘idan yaqin burchakka zarba berib, gol urdi. Ushbu zarba hal qiluvchi bo‘ldi.
Milanliklar to‘pga ko‘proq egalik qilishdi va darvoza tomon ko‘p zarba yo‘llashdi. "Qayrat" esa qarshi hujumlarga tayanib ko‘rdi.
Ikkinchi bo‘lim davomida har ikki jamoa murabbiylari o‘yinchilarni almashtirishdi. Mehmonlar safida Rikardino va Baybek maydonga tushirilgan bo‘lsa, mezbonlar safida Tyuram va Chalxano‘g‘lu o‘yinga qo‘shildi.
Qozog‘istonliklar bor kuchi bilan harakat qilishganiga qaramay, hisobni o‘zgartira olishmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!