Qish mavsumida yong‘inlarning oldini olish yo‘llari

1 daqiqa o'qish92
Qish mavsumida yong‘inlarning oldini olish yo‘llari

Qish mavsumida yong‘inlarning oldini olish yo‘llari
Sovuq mavsum boshlanishi bilan yong‘inlar va boshqa favqulodda holatlar xavfi ortadi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari turar joylarda va ish obyektlarida oddiy, ammo hayotiy muhim qoidalarga rioya qilish zarurligini ta’kidlamoqda.

Yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun quyidagi oddiy, ammo muhim qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi: • Dudburonlarni tekshiring — ularning toza, to‘silmagan va ishlash holatida ekanligiga ishonch hosil qiling. • Gaz jihozlarini nazorat qiling — plitalar, qozonlar va boshqa jihozlarni tekshirish va nosozliklarni bartaraf etish uchun tuman gaz xizmatlari mutaxassislarini chaqiring.

• Elektr simlarini tekshiring — tarmoqni ortiqcha yuklamang, quvvatli qurilmalarni birgina uzatma orqali ulamang. • Uy yoki ish joyini tark etayotganda barcha elektr jihozlarini o‘chiring.

Agar gaz sizib chiqayotgani haqida eng kichik shubha paydo bo‘lsa, yorug‘lik chiroqlarini yoki uchqun chiqarishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Zudlik bilan xonani shamollatish, deraza va eshiklarni ochish hamda yagona 112 raqamiga murojaat qilish lozim.

Ushbu qoidalarga amal qilish baxtsiz hodisalar oldini olishga va siz hamda yaqinlaringiz hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?