Estevao Chempionlar Ligasi rekordini o'rnatdi


18 yoshli "Chelsi" vingeri Estevao Villian Chempionlar Ligasi guruh bosqichining to'rtinchi turida "Qorabog'" darvozasini ishg'ol qilib, rekord o'rnatdi. U uchrashuvning 16-daqiqasida hisobni ochdi va o'yin yakunida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
Squawka ma'lumotlariga ko'ra, Estevao Chempionlar Ligasida 18 yosh yoki undan kichik yoshda ketma-ket ikki o'yinda gol urgan birinchi Janubiy Amerika futbolchisiga aylandi. U bundan avvalgi o'yinda Amsterdamning "Ayaks" jamoasi darvozasiga ham gol urgandi.
Estevao joriy yil yozida Braziliyaning "Palmeyras" klubidan "Chelsi"ga 45 million yevro evaziga o'tgan edi.































Izohlar 0
…