date

Ashraf Hakimi jarohatdan keyin izoh qoldirdi

Ashraf Hakimi jarohatdan keyin izoh qoldirdi
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi Chempionlar Ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi oʻyinda toʻpigʻidan jarohat oldi. Oradan bir sutka oʻtib, marokashlik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirdi.

"Yiqilishlar – yoʻlning bir qismi, ammo qaytishlar kuchni namoyon etadi. Menga xabar yoʻllagan barcha insonlarga rahmat!" – deb yozdi Hakimi.

Avvalroq PSJ Hakimining jarohati haqida maʼlumot bergan edi. Matbuotga koʻra, futbolchi tiklanishi uchun bir yarim oydan ikki oygacha vaqt kerak boʻladi.

PSJ seshanba kuni "Bavariya"ga oʻz maydonida 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, muxlislarini xafa qildi. Parijliklarning navbatdagi oʻyini 9-noyabr kuni safarda "Lion"ga qarshi boʻlib oʻtadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ashraf Hakimi jarohatdan keyin izoh qoldirdi