date

Dvigatelingizni yondiruvchi antifrizlar fosh etildi!

Dvigatelingizni yondiruvchi antifrizlar fosh etildi!

Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasi mutaxassislari Toshkent va Navoiyda sotilayotgan ayrim antifriz turlarini tekshiruvdan o‘tkazishdi.

Tekshiruv chog‘ida Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sibrina”, shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Energy Red”, “Extended Live Energy Antifreeze (5 kg)” va “SibTrol Antifreeze G-12 (1 kg)” mahsulotlari namunalari laboratoriya tahliliga yuborildi.

Natija kutilgandek bo‘lmadi: akkreditatsiyalangan laboratoriya xulosasiga ko‘ra, mazkur antifrizlar texnik reglament talablariga javob bermaydi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bunday sifatsiz suyuqliklar issiqlikni yetarlicha o‘tkazolmaydi. Bu esa dvigatelning qizib ketishiga, radiator va nasos tizimida zang, shikast hamda nosozliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Oqibatda avtomobilning xizmati ancha qisqaradi, hatto jiddiy texnik zararlar yuzaga kelishi mumkin.

Shu bois mutaxassislar haydovchilarga antifriz tanlayotganda mahsulot yorlig‘i, ishlab chiqaruvchi mamlakat, texnik ko‘rsatkichlar va sertifikat bor-yo‘qligini sinchiklab tekshirishni jiddiy tavsiya etmoqda.

Agar savdo do‘konlarida shubhali yoki soxta mahsulotga duch kelsangiz, 1880 qisqa raqami orqali Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasiga xabar berishingiz mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Dvigatelingizni yondiruvchi antifrizlar fosh etildi!