date

Garnacho qutqardi: Chelsi Qarabax bilan durang oʻynadi

Garnacho qutqardi: Chelsi Qarabax bilan durang oʻynadi
Chelsi jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining toʻrtinchi turida Ozarbayjonga safar qilib, Qarabax jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Har ikki jamoa oʻz hisobida olti ochkodan ega boʻlib, bu oʻyin ulkan ahamiyat kasb etardi.

Oʻyin 16-daqiqada Chelsi foydasiga boshlandi. Estevao Andre Santosdan uzatma olib, toʻpni yaqin burchakka aniq yoʻlladi (0:1).

Ammo Qarabax oʻz maydonida kuchli raqibdan choʻchimay oʻynadi va tez orada javob berdi. 29-daqiqada Andradening zarbasi hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shundan keyin Qarabax penaltidan foydalanib, Yanovich tomonidan hisobni 2:1 koʻrinishiga olib keldi. Ikkinchi boʻlimda Chelsi oʻyinni nazorat qilishga harakat qildi.

Garnacho zaxiradan maydonga tushib, oʻyinning 53-daqiqasida tenglikni taʼminladi (2:2). Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa gʻalaba qozonish uchun imkoniyat yaratdi, ammo hisob oʻzgarmadi.

Bu durang natija ikkala jamoaga ham bittadan ochko olib keldi. Endlikda har ikkisi yetti ochko bilan turnir jadvalida tenglashib turibdi.

Keyingi turda Qarabax Napoli bilan, Chelsi esa Barselona bilan kuch sinashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Garnacho qutqardi: Chelsi Qarabax bilan durang oʻynadi