14:14 / 14.01.2025
157

Ortiqcha vazn toʻplamaslikka yordam beradigan samarali usullar

Ortiqcha vazn toʻplamaslikka yordam beradigan samarali usullar
Foto: Marie Claire
Doimiy ozgʻin va sogʻlom odamlarning sirlari aslida ular rioya qiladigan sogʻlom turmush tarziga bogʻliq. Toʻgʻri, bu borada genetika ham rol oʻynashi mumkin, lekin normal vaznli insonlar quyidagi sogʻlom hayot tarzini odatga aylantirgani bois ham ortiqcha vazn muammolariga duch kelmaydi, deb yozadi Daryo nashri.

Ishtaha ochilganida emas, faqat och qolganida taomlanadi

Ochlik — bu tananing ovqatlanish vaqti kelgani haqidagi belgi. Agar tanangiz signallariga e'tibor berishga oʻrganmagan boʻlsangiz va hislaringizni toʻgʻri farqlay olmasangiz, ochlikni ishtahadan farqlash qiyin boʻladi.

Masalan, tasavvur qilib koʻring: hozir bir kosa shoʻrva va bir dona qora non boʻlagi sizni xursand qiladimi. Agar javobingiz “ha boʻlsa, demak ovqatlanish vaqti keldi. Agar siz biror shirinlik, kolbasa yoki chipslarni tusab tursangiz, bu holat ishtahadir, chunki siz ma'lum bir turdagi taomni istayapsiz. Agar tez-tez ishtaha nafsiga boʻysunsangiz, ortiqcha vazn muammolaridan hayron qolmasligingiz mumkin.

Doimo etarli miqdorda suv ichadi

Foto: Marie Claire
Suvsiz normal vaznni barqaror saqlashning imkoni yoʻq. Organizdagi barcha reaktsiyalar eritmalar shaklida sodir boʻladi, shuning uchun kuniga ma'lum miqdorda, ya'ni tana vaznga nisbatan 1 kg uchun 30 ml hisobida ichish kerak. Suvni kun davomida kichik portsiya larda ichish tavsiya etiladi. Yarim litr suvning hammasini birdaniga ichish mumkin emas.

Ovqatlanish vaqtida diqqatni faqat taomga qaratadi

Agar vaqtingiz juda tigʻiz boʻlsa ham, barcha gadjetlarni chetga qoʻyib, yengil tamaddi uchun 10 daqiqa va toʻliq ovqatlanish uchun 20 daqiqa vaqt ajrating. Televizor koʻrish yoki kompyuterda ishlash paytida ovqatlanayotganingizda, nima eyayotganingizga e'tibor qaratmaysiz. Natijada toʻqlik signali miyaga kech etib boradi va siz kunlik kaloriyaga boʻlgan ehtiyojingizdan ancha koʻp ovqat iste'mol qilib qoʻyishingiz mumkin.

Mazali taomlarni iste'mol qilishadi

Foto: Marie Claire
Sogʻlom oziq-ovqatlanish tartibi deganda faqatgina bemaza taomlar nazarda tutilmaydi. Ular orasida ta'bingizga yoqadigan koʻplab mahsulotlar bor. Masalan, siz qaynatilgan tovuq goʻshtini yoqtirmasangiz, oʻzingizni majburlab, uni emang. Uni dimlab yoki pechda pishirish yoki kurka, quyon kabi boshqa yogʻsiz goʻsht bilan almashtirish mumkin. Shuningdek, donli mahsulotlar, sabzavotlar va mevalar orasidan nafaqat foydali, balki mazali variantlarni tanlash imkoniyati bor.

Vaznni muntazam nazorat qilib borishadi

Bu odat ayniqsa vaznni normada ushlab turish uchun muhimdir. Har 1-2 haftada, ertalab och qoringa taroziga chiqing va koʻrsatkichlarni hisoblab boring.

Kaloriyalarni vaqti-vaqti bilan hisoblab turishadi

Foto: Marie Claire
Kaloriya hisoblash dastlab bir oz vaqtni oladi. Ammo bir oydan soʻng, bu odatga aylansa, oʻz ovqatlanish ratsioningizning energetik qiymatini taxmin qilishni oʻrganasiz. Ayniqsa, ovqatlanish rejimini oʻzgartirsangiz yoki yangi mahsulotlar qoʻshsangiz, kaloriyalarni hisoblashni unutmang. Bugungi kunda buni osonlashtirish uchun ishlab chiqilgan koʻplab mobil ilovalar mavjud.

Qiziqarli hayot kechirishadi

Ozgʻin odamlar nafaqat jismonan, balki hayotning barcha jabhalarida faol boʻladi. Ular tashqi koʻrinishlariga e'tibor qaratadi, yangi narsalarni oʻrganadi, ba'zilari esa ijod bilan shugʻullanadi. Ularning boʻsh vaqtlari rang-barang boʻlgani uchun, ovqat haqida oʻylashga vaqt topmaydi.

Rafinadlangan shakarni iste'mol qilishmaydi

Foto: Marie Claire
Oddiy uglevodlarning kunlik normasi tabiiy mahsulotlardan, masalan, mevalar yoki sabzavotlardan olinishi kerak. Shakar molekulalari (glyukoza) tanada qoʻshimcha energiya sarflamasdan yogʻ shaklida zaxira sifatida saqlanib qolishi mumkin. Shu sababli shirin mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.

Vitamin va qoʻshimchalar iste'mol qilishadi

Zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlari avvalgi davrdagi mahsulotlarga qaraganda ancha kam vitamin va mikroelementlarni oʻzida saqlaydi. Mikronutriyentlar etishmasligi tufayli metabolizm buzilishi yoki nazorat qilib boʻlmaydigan ortiqcha ovqatlanish odati yuzaga kelishi mumkin.

Vitamin va minerallar kompleksini individual ehtiyojlaringizga koʻra, shifokor bilan birga tanlash tavsiya etiladi.

Etarlicha uxlashadi

Tunda biz ovqat emaymiz, shuning uchun bosh miya oʻz faoliyatini ta'minlash uchun glyukozani kun davomida toʻplangan yogʻlardan oladi. Agar siz biron sababga koʻra etarlicha uxlamasangiz, sirkad ritmlarni buzasiz. Natijada gormonlarning tabiiy ishlab chiqarilishi va yogʻning tunda parchalanishini sekinlashadi va tana vazn orttiradi.

Tunda organizm taxminan 30 gramm yogʻni yoqadi. Agar siz etarlicha uxlamasangiz, ortiqcha yogʻ bel va son sohalariga zaxira sifatida yigʻiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun