Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng, mazali taomlarga to‘la iftor uchun bezatilgan to‘kin dasturxon Ramazonda sog‘lom ovqatlanish xaqidagi orzularimizni cheklab qo‘yishi mumkin. Agar to‘g‘ri amalga oshirilsa, Ramazon ro‘zasi sog‘ligimiz uchun koni-foyda, aks-holda, inson salomatligi uchun zarar bo‘lishi mumkin.
Ramazonda sog‘lom ovqatlanish kerakligini va faqat yangi masalliqlardan taom tayyorlash joizligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Ushbu Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishingizni tavsiya qilamiz:
1. Ovqatlanishni xurmodan boshlang. Xurmolar — oqsillarning manbasi bo‘lib, faqat bir kunga etuvchi quvvat beruvchi taomdir. Xurmo tolalari ovqat xazm qilish tizimining vazifalarini o‘z nazoratiga oladi. Shuningdek., xurmolar magniy va kaliy moddalariga boydir.
2. Ko‘p suv iching. Bu yil Ramazon yozning chillasiga to‘g‘ri keladi, shuning uchun, badan jazirama ob-xavoda suvsizlanib qolmasligi uchun etarli miqdorda suv iching. Saharlikdan keyin va tonggacha, kun davomida chanqab qolmaslik uchun ko‘proq suv ichib oling. Xali ovqatlanish mumkin bo‘lgan vaqtda 8 stakan suv ichishga harakat qiling. Chanqoqlikni chaqiruvchi mevalarni eyishdan saqlaning. Badandan chanqoqlik hissini uyg‘otuvchi sabzavotlarni ham kamroq eng. Tuzli maxsulotlarni, xususan, tuzlangan konservalar, yong‘oqlar, bodringlar, baliqlarni emang. Shuningdek, ziravorlari ko‘p bo‘lgan taomlardan ham cheklaning, ular ham chanqashga sabab bo‘ladi. Ko‘proq mevalar va sabzavotlarni iste’mol qiling, chunki ular organizmdagi suv zaxirasini to‘ldirishadi.
3. Sekinlik bilan taomlaning. Uzoq och bo‘lishlikdan keyin ko‘p miqdorda taomlanish badan uchun stressdir. Iloji boricha, o‘rtalikka rioya qiling, iftorni xurmo bilan boshlang, so‘ng suv iching, undan keyin esa sho‘rva va salat eyish mumkin. Ozroq muddat o‘tkazib asosiy taomni eyishga kirishsa bo‘ladi. Ortiqcha taomlanish ovqat xazm qilishdagi muammolar va oshqozondagi og‘riqqa sabab bo‘lib qolishi mumkin. Iftorni issiq sho‘rva bilan boshlashlik, uzoq ochlikdan keyingi eng yaxshi taomlanish hisoblanadi, chunki, u organizmdagi ozuqaviy moddalar zaxirasini to‘ldiradi va badanni astalik bilan qattiqroq taomga tayyorlaydi.
4. Ovqatingizda barcha darmondorilar bo‘lishiga ishonchingiz komil bo‘lsin. Iftorda oqsillar, sabzavotlar, mevalar hamda foydali yog‘lar bo‘lishi kerak.
6. Foydali maxsulotlarni tanlang va ulardan foydalaning. Rasioningizda yorma, ko‘krak go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lsin.
6. Qovurilgan, tuzlanga va o‘ta yog‘li taomlarni cheklang. Go‘sht, tuxum va sut maxsulotlari oqsilga boy hisoblanadi. Yuqoridagi maxsulotlardan hech bo‘lmaganda bittasini iste’mol qilish kerak.
7. Shirinliklardan ham cheklaning. Shirinliklar iftordan keyin qorinda damlanishga sabab bo‘ladi va ovqat xazm qilishni yomonlashtiradi. Bundan tashqari, u qon tarkibidagi glyukoza miqdorini oshirib yuboradi, natijada shirinlikka bo‘lgan talab yana ortib ketadi. Shuning uchun, shirinlikni iftordan 2-3 soat keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Lekin eng yaxshisi shirinlikning o‘rnini shirin xurmolar, quruq mevalar va mevalar bilan bosish kerak.
8. Ramazonda kofe miqdorini kamaytirish kerak, aks holda u bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka sabab bo‘lishi mumkin.
9. Ramazonda uch qismli ovqatlanish ham muxim o‘rin tutadi. Asosiy taomni uch qismga bo‘ling. Uchdan biri — kuchli oqsillar, yana uchdan biri — yog‘siz go‘sht va baliq, qolgani esa sabzavotlar bo‘lsin. Bu ovqatlanishdagi sog‘lom mo‘tadillikka sabab bo‘ladi.
Manba: islom.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi