Mashhur Zen Habits blogi muallifi o‘z o‘quvchilariga hayotidagi so‘nggi voqealar haqida so‘zlab berdi. Muhim bir ish ustida ishlay turib u bir necha bor, yengilganini tan olishga va barchasini to‘xtatishga tayyor edi. Blogger diqqatini bir joyga jamlay olmay qoladi va to‘g‘ri ovqatlanish ham izdan chiqa boshlaydi.
Shunda Leo bunday ortiq bo‘lmasligini, motivatsiyasini qaytarishi kerakligini tushundi. Natijada u o‘zi uchun samarali metodni o‘ylab topdi.
Kalit prinsipi
Metodning g‘oyasi kaliti quyidagicha:
Sizning kayfiyatingiz manzilga yetib ololasizmi yoki to‘g‘ri yo‘lga qaytasizmi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Leo kishilar o‘z his-tuyg‘ulari sabab ko‘p yengilishlariga ishonchi komil
Biz biror ishni qandaydir safar, kasallik, oilaviy sharoitlar sabab to‘xtatib qo‘yamiz. Lekin uning yarim yo‘lda qolib ketishiga yuqoridagilardan ko‘ra, biz ular orqali his qiladigan tuyg‘ular sabab bo‘ladi.
O‘sha safar yoki kasallik sabab biz ruhan toliqamiz hamda bu charchash bizni rejalashtirgan ishimizni qilishdan mahrum qiladi. Kayfiyatimiz buziladi, barchasiga qo‘l silkib qo‘ya qolamiz.
Bundan tashqari boshqa yumushlar bilan band bo‘lganimizda foydali mashg‘ulotlardan ham voz kechamiz. Vaqtning yo‘qligi bilan o‘zimizni o‘qlaymiz.
Metod nimani mujassam qiladi
Mavjud muammolarni aniqlang va kalit savollar bering
Muammoni rad qilish orqali to‘g‘ri yo‘ldan adashasiz. Shunchaki, “Men o’zimni yomon his qilyapman. Charchadim va yengilishni istayman” deng. Shundan keyin o‘zingizdan haqiqatdan ham bu ishdan voz kechishni istaymanmi yoki yana boshidan boshlashga kuch topa olamanmi deb so‘rang
Bitta oddiy qadam tashlang
Agar sizda qandaydir sabab bo‘lsa, avvalgi biror ishni qilish haqida o‘ylang. Misol uchun avval siz meditatsiya bilan shug‘ullangansiz, biroq hozir yo‘q. 30 yoki 10 soniya ichida u bilan qaytashug‘ullana olasizmi? Sport bilan shug‘ullanishni tam tashlagan bo‘lsangiz 2 daqiqa biror mashq qiling. Bunday oddiy qadamlar yaxshi boshlanish bo‘ladi.
G‘alabalarga e’tibor qarating
Agar birinchi qadamni bajargan bo‘lsangiz, allaqachon maqsadga erishish yo‘lidasiz. O‘zingizni o‘zgartirishning uddasidan chiqyapsiz. Bu esa quvonarli holat. Har kun maqsadingizga yaqinlashtiradigan nimadir qiling. Masalan, har kun sport bilan shug‘ullanib bosimni orttirib boring.
Yana g‘ayrat bilan ishlashga qayting
Agar siz yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz, uzoq vaqtga yetadigan motivatsiyani tiklashingiz va sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanishga kuch topishingiz mumkin. Vaqt o‘tgani sayin kuchliroq bo‘lib borasiz. Ana o‘shanda omadsizlik yo‘lingizni to‘sa olmaydi.
Manba: Like It “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi