Floridada yashovchi yosh ayol yaqinda tug‘ilgan qizchasini qo‘lida ushlagan holda Mortal Kombat XL kibersport musobaqasida g‘olib chiqib, internetda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda UPI xabar berdi.
Legi0n taxallusi bilan tanilgan geymer sentyabr oyi oxirida Orlando shahrida bo‘lib o‘tgan turnirda ishtirok etdi va o‘z raqiblarini, jumladan, turmush o‘rtog‘ini ham mag‘lub etdi. Eng hayratlanarlisi shundaki, u keserva operatsiya orqali tug‘ruqdan bor-yo‘g‘i besh kun o‘tib musobaqaga chiqqan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Sereza deb ism qo‘yilgan bo‘lib, u 22 sentyabr kuni dunyoga kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Legi0n g‘alabasini hazilomuz tarzda izohlab, qizchasi unga “ilhom va kuch berganini” aytgan.
G‘alaba unga 28 dollarlik mukofot va Atlanta shahrida o‘tkaziladigan yirik o‘yin festivali — DreamHack'da ishtirok etish imkonini taqdim etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!