iPhone 17 Pro Max va Galaxy S25 Ultra yana bir bor ish tezligi bo‘yicha solishtirildi, deb yozmoqda 4pda.to nashri. Bu safar YouTube-kanal PhoneBuff ko‘proq ilovalar va robot qo‘l yordamida sinov o‘tkazdi — natijada Android flagmani sezilarli ustunlik bilan g‘olib bo‘ldi.
Sinov ikki bosqichda o‘tkazilgan. Avval har ikkala smartfonda bir xil ilovalar ketma-ket ishga tushirilib, keyin fon rejimiga o‘tkazilgan. So‘ngra barcha ilovalar qayta ochilgan. Barcha harakatlar robot tomonidan aniq o‘lchovda amalga oshirilgan.
Galaxy S25 Ultra birinchi bosqichni 2 daqiqa 2,59 soniyada, iPhone 17 Pro Max esa 2 daqiqa 16,18 soniyada yakunlagan. Ikkinchi bosqichda ham Galaxy g‘alaba qozongan — 47 soniyaga qarshi 49 soniya.
Muallifning ta’kidlashicha, ayrim paytlarda S25 Ultra uchta ilovagacha oldinda bo‘lgan. Shu bilan birga, iPhone video tahrir dasturida rolikni eksport qilish uchun 40% ko‘proq vaqt sarflagan, garchi video ishlovi Apple qurilmalari kuchli jihati hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!