Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi yetakchilari ishtirok etgan Kopengagendagi sammitda Rossiyadan qo‘rqishga hojat yo‘qligini ta’kidladi.
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yevropaga jiddiy tahdid sola olmaydi, chunki u harbiy va iqtisodiy jihatdan ancha zaif. Shuningdek, aholisi ham Yevropanikidan ancha kam ekanini qayd etdi.
“Rossiyada bor-yo‘g‘i 131–140 million kishi yashaydi, Yevroittifoq aholisi esa 400 milliondan ortiq. Rossiyaning iqtisodi ham juda kichik, bizniki esa ancha katta va qudratli,” — dedi Orban.
Shu bilan birga, u Rossiya dronlari Vengriya havo hududini buzsa, ular bir zumda urib tushirilishini ma’lum qildi.
“Biz bundan qo‘rqmaymiz. Agar shunday holat bo‘lsa, albatta, ularni yiqitamiz,” — deya qo‘shimcha qildi Vengriya rahbari.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!