Quyidagi oddiy qoidalar, o‘zingizni kuchliroq qilishga arzimas muammolarga bo‘sh kelmaslikka o‘rgatishi mumkin.
1. Murakkab vazifalarni ertalab bajaring
Garvard universiteti olimlari qiziq tajriba o‘tkazishdi. Qatnashchilarga bir soniya ichida kompyuterning o‘ng va chap tomonida 20 ta nuqtani ko‘rsatishadi va keyin ulardan qaysi tomonda nuqtalar ko‘proqligi so‘raladi.
Keyin vazifa yana takrorlanadi, lekin nuqtalar soni 100 taga ko‘paytiriladi. Javoblar uchun ular pul olishadi. Agar ular o‘ng tomonda nuqtalar ko‘p edi deb javob berishsa pul javob to‘g‘ri yoki xatoligidan qat’iy nazar 10 barobar ko‘paytiriladi. Hamma gap shunda edi.
Sezilarli bo‘ldiki, foyda uchun kishilar ko‘pincha o‘ng tomon deb javob berishardi. Ertalabki 8 dan tushlikkacha bo‘lgan vaqtda javob berganlar tushlikdan keyin kechqurunki 18:00 gacha bo‘lganlardan ko‘ra kamroq shunday javob qilishadi.
Olimlar uni “ertalabki ruhiyat ta’siri” deyishgan bo‘lsa-da, o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan baholash mumkin. Kechga borib bizning energiyamiz kamayib, jalb etuvchi narsalarga qarshiligimiz susayadi. Aynan shu bois kunning 2-yarmida tajriba qatnashchilar oson pul topishdan voz kechmagan holda ko‘proq yolg‘on qo‘llashdi.
2. Sizga nima xalaqit bersa uni osonlashtiring
Atrof va tashqi omillar o‘zingizni qanday tutishingizga ta’sir qiladi. Ularga qarshilik ko‘rsatishning eng yaxshi usuli – osonlashtirish hisoblanadi.
Qancha qaror qilishingiz osonlashsa, shuncha harakat qilishingiz osonlashadi.
Agar ijtimoiy tarmoqlardan ortiqcha foydalansangiz, ularni bloklovchi ilovani o‘rnatib qo‘ying. Doimi fast-food tanovul qilsangiz sog‘lom ovqatlanishga o‘ting.
3. O‘z muvaffaqiyatingizni kuzatib boring
O‘zingizni baholashingiz va tarbiyalashingizga to‘siq bo‘luvchi har qanday xato yo‘lni sezib, yozib boring. Bu katta xaridlar, to‘yib uxlamaslik va boshqa yuzlab sabablar bo‘lishi mumkin.
Ovqatlanish, mashg‘ulotlar va uyqu kundaligini tuting. Salomatligingiz va moliyaviy ahvolingizga e’tibor qarating. Bu kuzatuv yomon odatlardan qutilishingizga yordam beradi.
4. O‘zingizni kuzating
Agar o‘z zararli odatlaringizni foydalilari bilan almashtirmoqchi bo‘lsangiz, kun bo‘yi ish stolida o‘tirsangiz yoningizga ko‘zgu qo‘ying. Shu yo‘l bilan o‘zingizga chetdan nazar soling. Shunda qanday ovqatlanasiz, ijtimoiy tarmoqda vaqtingizni qanday sarflaysiz – hammasini ko‘rib, ulardan oson qutilishingiz mumkin.
5. Vaqtni moddiy shaklga keltiring
Agar ertalabdan ko‘p ishlarni bajarishingiz kerak bo‘lsa, har 3-5 daqiqada jiringlovchi taymer o‘rnating. Shunda o‘tayotgan vaqtingiz sezilmay qolmaydi. O‘z odatlaringizga qancha vaqt sarflayotganingizni sezishingiz mumkin bo‘ladi. Shunday qilsangiz qisqa vaqtda nimalarga ulgurayotganingizni bilib olasiz.
6. Biror ishni yakunlagach o‘zingizga xordiq berishga va’da bering
Biz hayolimizda vazifani sal keyinroq bajara olishimizga ishonamiz. Qiyin ishlarni keying qoldirishdan ko‘ra dam olish va har qanday chalg‘ituvchi sababni keyinroqqa qoldiring. Shunday qilib o‘zingizga va’da bering.
Yodda tuting: siz dam olishni ta’qiqlamayapsiz, shunchaki sal kechroqqa suryapsiz uni. Bu usul ish beradi.
7. O‘z kuchsizligingizni ba’zan kechirib ham turing
Agar siz perfeksionist bo‘lsangiz, ba’zan o‘zingizga tabiatingizga mos yo‘l tutishga izn bering. Chunki odatda, qila olmaganlarimizga erishishni istaymiz. Biz qancha o‘zimizni internetdan chetlasak, undan shuncha ko‘p foydalanishni xohlaymiz. Shu uchun ojizliklarni tan olib ham turish kerak. Ammo ba’zan, unutmang!
Manba: Like It “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi