Ko‘cha-ko‘yda turfa fazilatdagi odamlarga duch kelamiz. Chunonchi, ularning qadam bosishlariga ham. Buni qarangki, insonlarning yurishiga qarab qanday xislatga ega ekanligini bilib olish mumkin. Quyida taqdim etilgan qiziqarli ma’lumotlar yordamida atrofdagilar qay tarzda qadam bosishiga qarab, qandayligidan xabardor bo‘lasiz.
Insonning qadam tashlashi uning ruhiy holatini to‘la ko‘rsatib beradi (biroq yoshiga ham e’tibor berish kerak). Kayfiyat o‘zgargan paytda qadam tashlash ham o‘zgaradi. Sevimli kishimiz bilan uchrashuvga yoki boshqa bir yoqimli voqealar qurshoviga ketayotganda biz uchgandek yuramiz. Taqdir zarbalariga duch kelganda esa sudralib, zo‘rg‘a qadam tashlaymiz, vazifamiz bo‘yicha yurganda shoshib harakat qilamiz, o‘zimizni bosh rolda ekanimizni bilib turganda savlat to‘kib yuramiz. O‘z-o‘zidan mamnun, dimog‘dor odamlarning qo‘llari dadil harakatlanadi, oyoqlari xuddi yasab qo‘yilgandek, iyagi baland ko‘tarilgan, qadam tashlashi esa majburiyat yuzasidan bo‘ladi. Agar odamda aniq mo‘ljal bo‘lmasa, u sekin uyqusiragandek yuradi, mo‘ljal paydo bo‘lishi bilan qadamlari tezlashib, kengayib boshlaydi.
HARAKAT RITMIDA GAP KO‘P
MAQOM bilan qadam tashlash yaxshi kayfiyat, harakatga tayyorgarlik belgisi. Odatda ko‘pgina yosh qizlar va kibrli-beg‘am kishilar ana shunday bir maqomda chayqalib yurishdan rohatlanadilar.
Bir ME’YoRIda, tekis qadam tashlash – mo‘ljal sari g‘ayrat bilan qilinayotgan harakat. Harbiy xizmatda safda qadam tashlayotgan soldatlarni bunga misol qilib keltirish mumkin.
RITMNI BUZGAN holda qadam tashlayotgan odam o‘zida emas, uning istaklariga qandaydir kuchning xalal berishi uni ikkilanishga yoki ishonchning yo‘qolishiga olib kelgan. Bunday yurish nimadir xalal berayotganini, o‘ychanlikni, ichki erkinlik yetishmasligini, hadiksirayotganlikni (masalan, darsga tayyor bo‘lmagan o‘quvchining doskaga chiqayotgandagi yurishini eslang) bildiradi.
QADAM TEZLIGI
Ayrim sabablarga ko‘ra qadamlar tezligi, kengligi, yurganda tana harakati o‘zgarishi mumkin. Asosan ayollarda kiygan oyoq kiyimiga qarab o‘zgaradi. qadamlar tezligi mijozga va istakning kuchiga bog‘liq.
Keng qadamlar – ishbilarmon, erkin odamlarga xos.
Qisqa, mayda qadamlar – ehtiyotkor, hisob-kitobli, o‘zini tuta biladigan, moslashuvchan odamlarga xos.
Sezilarli darajada maydaligi tufayli tez-tez qadam tashlovchi odamlar hovliqma va hurkovuch bo‘ladilar.
Alohida ta’kid bilan keng va sekin qadam tashlash hamisha o‘z kuchini va shaxsiyatining qiymatini atrofdagilarga namoyish etish istagini bildiradi.
Bo‘shang qadam tashlash qiziqishning yo‘qligi, befarqlik, umid va javobgarlikni inkor etish, o‘z-o‘zini tergash, tartibga solishning yetishmasligidan darak beradi.
To‘laligicha erkin, hech qanaqangi ortiqcha harakatlarsiz, tinch va tarang, tez ham emas, sekin ham emas, katta ham emas, mayda ham emas, bir maromdagi qadam egasi – tinch, o‘ziga ishongan odam – o‘zining nima xohlayotganini yaxshi biladigan, ortiqcha harakatlar bilan o‘zini reklama qilmaydigan haqiqiy shaxs.
Tebranib yurish. Agar har qadamda tananing yuqori qismi tebransa (har oyoq tashlaganida bir u, bir bu yelkasi buriladi) va har qadamida namoyishkorona tabiat sezilsa, bunday odamda o‘zini ko‘rsatish istagi shu qadar kuchliki, oqibatda ko‘r-ko‘rona va yasama harakatlar yuzaga keladi. O‘ziga ishongan, sodda-sezgir odamlar oldinga va orqaga biroz tebranish bilan kuchli ritmli qadam tashlaydilar, o‘zini yaxshi ko‘ruvchi odamlarning yelkasi bir tekisda tebranadi.
Oyoqlarni bir-biriga urib yurish irodasizlik va intilishning yo‘qligi, charchoqlik, sustkashlikni anglatadi.
Og‘ir «mag‘rur» qadam tashlash (mayda qadamlar bilan sekin yuradi; tanasining yuqori qismini o‘ta to‘g‘ri tutadi, biroq ritm yo‘qolib ketadi yoki buziladi) kalondimog‘, o‘zini sevuvchi, o‘ziga yuqori baho beruvchi odamlarga xos.
Notabiiy qadam tashlash, beso‘naqay yurish siqiqlik, tashqi hayot bilan munosabatning yetishmasligi, qo‘rqoqlik, erkin ko‘rinishga layoqatsizlik belgisi.
Notabiiy keskin qadam (sezilarli darajada katta va tez qadamlar, qo‘lning orqa-oldinga tez-tez borib kelishi) – soxta faollikni namoyish etishga bo‘lgan behuda urinishni bildiradi. Oyog‘ining uchini doimiy yuqoriga ko‘tarib yuradigan kishilarda ideal odam bo‘lib yashashga, ustunlikka (asosan aqliy jihatdan) intilish, izlanish kuchli bo‘ladi.
Hidoyat SADRIDDINOV tayyorladi.
Manba: erk.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...