Qozon kabob bu bizlarning eng sevimli, shu bilan birga juda to‘yimli taomlarimizdan biridir. Uning mazali chiqishi uchun kerakli mahsulotlarni to‘g‘ri solish va asosiysi taomni xush kayfiyatda pishirish kifoyadir!
Qo‘y go‘shtini kerakli hajmdagi bo‘laklarga bo‘lasiz.
Tuzdan tashqari barcha ziravorlarni go‘shtga sepamiz va 20 daqiqaga marinadlab (shunchaki chetga olib) qo‘yamiz. Agarda siz uzoqroq turishini xohlasangiz, unda sovutgichga solib qo‘ying.
Qozonda yog‘ni qizdirib, go‘shtni yaxshilab qizartirib olamiz. Go‘shtga tuz sepamiz va qozondan olamiz.
Kartoshkani avvalroq po‘stini archib qo‘yamiz. Go‘shtni qovurgan yog‘imizda kartoshkani ham solib, qovurib olamiz.
Kartoshkani kam-kamdan solib, qizartirib qovursangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qovurish jarayonida tuz seping.
Kartoshkani ustidan go‘shtni teramiz va 20-30 daqiqaga dimlab qo‘yamiz. Ehtiyojga qarab 50 millilitr suv solish mumkin.
Pishgan taomni sabzavotlar va albatta to‘g‘ralgan piyoz bilan birga dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!
Manba: zira.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron BMTni Isroilning mintaqadagi tajovuzini to‘xtatishga chaqirdi
Vladimir Putin tibbiy tekshiruvdan o‘tmoqda...
Eron nashri Masharipovning kechagi uchrashuvdagi harakatlarini qanday baholadi?
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Sadir Japarov: Rossiya bilan aloqalarni uzish haqidagi talablar adolatsiz
Rossiya Federatsiyasi elitasi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni o‘chirish uchun Google'dan foydalanyapti
Toshkentda pulli to‘xtab turish joylari uchun to‘lovlar miqdori tasdiqlandi
Rossiya Federatsiyasi rasmiylari rubl kursini ushlab qolish uchun kurashmoqchi emas