
Photo: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Shveysariyaning Rubis Voyages va mamlakatdagi Karavan Travel turistik kompaniyalari bilan hamkorlikda Nyovshatel shahrida turizm salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, diplomatlar hamda Shveysariyaning tegishli kompaniyalari vakillari va soha mutaxassislari qatnashdi.

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev turizmni iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilgani, qadimiy shaharlar jahon sayyohligida muhim o‘ringa egaligini, xorijiy sayyohlik kompaniyalari va sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar qayd etdi.
Tadbirda O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va noyob tabiiy landshaftlari haqidagi ma’lumotlar shveysariyalik sayyohlik agentliklari va operatorlarmi e’tiboriga taqdim etildi. Mutaxassislarga respublikaning eksklyuziv yangi turistik marshrutlarini yaratish imkoniyatlari taklif etildi.
Qatnashchilar O‘zbekistonning sharqona mehmondo‘stligini his qilish bilan birga, kelgusida muvaffaqiyatli hamkorlik uchun yangi yo‘llar ochilishiga ishonch bildirishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar