17:53 / 16.10.2024
39

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
16 oktyabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblastida sodir bo‘lgan ayanchli YTH oqibatida O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari shifoxonaga yotqizildi.

Mahalliy politsiyaga ko‘ra, Jac rusumli yengil avtomobil chegaradagi o‘tish joyida, yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN yuk mashinasiga kelib urilgan.

«Mashinada jami 10 kishi bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari Beyneu rayonidagi markaziy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemorlarga kerakli muolajalar to‘liq hajmda ko‘rsatilmoqda. Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi», — deya xabar bergan Mang‘istau oblasti ichki ishlar boshqarmasi.

YTH qatnashchilari bo‘lgan avtomobillar O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan hamda halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aniqlangan. Ular Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligiga xabar berilgan.

Voqea haqida O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsulligiga xabar berildi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan, fojianing barcha holatlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qozog‘iston, Sodir bo‘lgan YTH, Olti nafar, O‘zbekiston fuqarosi, Halok bo‘ldi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi