
Saudiya Arabistoni Professional ligasining 7-turida “An-Nasr” futbolchilari “Ash-Shabab” maydonidan 2:1 hisobidagi qiyin g‘alaba bilan qaytdi.
Riyodliklarga navbatdagi uch ochkoni keltirgan golga Krishtianu Ronaldu o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtning yettinchi daqiqasida penaltidan kiritdi.
Bu 39 yoshli hujumchining professional faoliyatidagi 907-gol sifatida qayd etildi. Ronaldu jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchi hisoblanadi va uning har bir goli yangi rekord sanaladi.
Krishtianu Ronaldu o‘z gollarini “Sporting”, “Real”, “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasida kiritgan.
Mashhur hujumchining maqsadi professional darajada urgan gollarini sonini mingtaga yetkazishdan iborat. Buning uchun Ronalduga yana 93 ta gol kerak. Krishtianu hali beri faoliyatini tugatmoqchi emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar