Bugungi kunda qand kasalligi eng ko‘p uchraydigan va davolanishi uzoq davom etadigan kasalliklardan biri bo‘lib qolmoqda. Shirinliklarni ko‘p iste’mol qilishning ushbu kasallikka ta’siri bormi? Ozg‘in insonlar ham diabetga chalinishi mumkinmi? Quyida qand kasalligi haqida aholi orasida keng tarqalgan yanglish fikrlarni ko‘rib chiqamiz.
Foto: Shutterstock
1-yanglish fikr: Qand kasalligida butun umr davomida insulin ineksiyalarini olish kerak
Qandli diabetning ikki turi mavjud. 1-toifada immunitet insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralarini yo‘q qiladi. Ushbu gormonning normal ishlab chiqarilmasligi oqibatida organizmda uglevod almashinuvi buziladi. Qondagi glyukoza darajasi xavfli darajaga ko‘tariladi. Bunday hollarda teri ostiga insulin ineksiyalari qilinadi. Kasallik bolalikdan rivojlanadi va uning yuzaga kelish sabablari hozircha noma’lum.
2-toifa qand kasalligida insulin ishlab chiqariladi, ammo tana hujayralari unga javob berishni to‘xtatadi. Natijada glyukoza qon tarkibida qolib ketadi. Davolanish uchun to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam jismoniy faoliyat va ortiqcha vaznni yo‘qotish lozim bo‘ladi. Ushbu kasallikda insulin buyurilishi mumkin, ammo barcha holatlar individualdir. Buning uchun qon va glyukoza tahlili olinadi va kerakli dorilar buyuriladi.
2-yanglish fikr: Shirinliklarni muntazam iste’mol qilish qand kasalligiga olib keladi
Semirish, jismoniy faollikning yetishmasligi va irsiyat kabi omillar 2-toifali qand kasalligiga chalinish xavfini oshiradi. Ammo shirinliklarni ortiqcha miqdorda iste’mol qilish aynan diabetni keltirib chiqarmaydi. Bunday ovqatlanish tartibi uglevod va yog‘larga boy boshqa mahsulotlar kabi ortiqcha vaznga olib kelishi mumkin.
Noto‘g‘ri turmush tarzi har qanday yoshda, hatto bolalikda ham kasallik keltirib chiqaradi. Shuning uchun to‘g‘ri ovqatlanish tartibini yoshlikdan odatga aylantirish kerak. Ortiqcha ovqatlanish oshqozon osti bezi va butun ovqat hazm qilish tizimiga og‘ir yuk bo‘ladi.
3-yanglish fikr: Ozg‘in insonlar qand kasalligiga chalinmaydi
Foto: Lifehacker.ru
Semirib ketish 2-toifa diabet rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bundan tashqari, kasallikka yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar, turmush tarzining buzilishi kabilar ham sabab bo‘ladi.
2-toifali qand kasalligi dastlabki bosqichlarda sezilmaydi. Uni o‘z vaqtida aniqlash uchun muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish, 40 yoshdan boshlab xolesterin va glyukoza miqdorini tekshirish kerak. Kasallikning keyingi bosqichlarda ba’zan ko‘z, yurak va buyraklarga zarar yetadi. Shuning uchun qand kasalligi nafaqat endokrinolog, balki kardiolog tomonidan ham aniqlanadi.
4-yanglish fikr: Ota-onadan biri qandli diabet bilan kasallangan bo‘lsa, xastalik bolaga ham o‘tadi
2-toifa diabet haqiqatda irsiy jihatdan o‘tishi mumkin, ammo ko‘p narsa insonning turmush tarziga bog‘liq. Agar ortiqcha vazn yuzaga kelmasa, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanilsa va har yili profilaktik tekshiruvlardan o‘tilsa, kasallikka chalinish xavfi bir necha bor kamaydi.
5-yanglish fikr: Qand kasalligidan aziyat chekadigan ayollarga farzand ko‘rish mumkin emas
Foto: Lifehacker.ru
Diabet kasalligida homilador bo‘lish taqiqlanmaydi, shunchaki ushbu jiddiy masalaga alohida tayyorgarlik ko‘riladi. Farzand ko‘rishni rejalashtirishdan 2-3 oy oldin ginekolog va endokrinologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Shifokorlar kerakli tahlillarni buyuradi, natijalar asosida tavsiyalar va dori-darmonlar yoziladi.
Homilador bo‘lishdan avval qandli diabet bilan og‘rigan ota-onalar parhez tutishi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi yoki insulin ineksiyalari orqali glyukozaga to‘lgan gemoglobin darajasini kamaytirishlari kerak.
Bundan tashqari, hatto sog‘lom ayollarda ham homiladorlik davrida gestatsion diabet rivojlanish holatlari kuzatiladi, bu esa qondagi glyukoza darajasini oshirib yuboradi. Bunday holat homilaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun homiladorlikda o‘z vaqtida skriningdan o‘tib turish zarur.
6-yanglish fikr: Qand kasalligini xalq tabobati yordamida davolash mumkin
Diabet surunkali va yuqumli bo‘lmagan xastaliklar guruhiga kiradi. Uni to‘liq davolashning iloji yo‘q, lekin boshlang‘ich davrida tashxis qo‘yish, parhez va dori-darmonlarni to‘g‘ri tanlash orqali jiddiy asoratlarning oldini olish mumkin.
7-yanglish fikr: Barcha bemorlar jismoniy harakatni cheklashi kerak
Foto: Lifehacker.ru
Sport mashqlari 1-toifa qand kasalligiga chalingan odamlarda giperglikemiya yoki gipoglikemiyani keltirib chiqarish ehtimoli bor. Biror mashg‘ulot bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval va keyin glyukoza darajasini nazorat qilish kerak. Faqat parhezga rioya qiladigan 2-toifali xasta insonlargina bunday xavfga duch kelmaydilar. Aksincha, jismoniy mashqlar ular uchun foydalidir. Chunki kamharakat turmush tarzi semizlikka olib keladi.
Agar bemor 1- yoki 2-toifa qand kasalligiga yaqin orada chalingan bo‘lsa, u har qanday jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.
Qandli diabet, Homilador bo‘lish, Semirib ketish, Ozg‘in insonlar, Ortiqcha ovqatlanish, Xato fikrlar “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi