13:02 / 19.10.2024
29

Dzyudochilarimiz jahon chempionatida zafar quchishdi

Dzyudochilarimiz jahon chempionatida zafar quchishdi
Poytaxtimiz mezbonligida o‘tgan dzyudo bo‘yicha Harbiylar o‘rtasidagi 42-Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Uch kun davomida «Yunusobod» sport majmuasida dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 400 nafarga yaqin harbiy dzyudochilar jahon chempionati medallari uchun bahs olib borishdi. Yakkalik musobaqasida 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Kecha jahon chempionatining so‘nggi kuni jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda qizlarimiz jahon chempioniga aylanishdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi finalda fransiyalik dzyudochilarni 3:1 hisobida yengishdi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi esa murosasiz kechgan final uchrashuvida mo‘g‘ulistonlik harbiy dzyudochilarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Hal qiluvchi beshinchi bellashuvda Artyom Shturbabin raqibiga yutqazib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dzyudochilarimiz jahon chempionatida zafar quchishdi