Bizning har bir muvaffaqiyatimiz yoki muvaffaqiyatsizligimiz, bu ─ odatlarimiz oqibatidir. O‘zimizda ongli ravishda shakllantirgan hamda muayyan maqsadni qo‘lga kiritish va shu bilan birga pala-partishligimiz oqibatida yuzaga kelgan ikki xil odat mavjud.
Ushbu odatlarning har ikki turi ham beixtiyor ravishda harakatda bo‘ladi. Ular xoslik qonuni asosida nazorat qilinadi. Va men bu ikki tamoyilni «koinot tomonidan belgilab berilgan odatlarning kuchi» deb atayman.
Koinot tomonidan belgilangan odatlarning kuchi, bu ─ nazoratning universal vositasidir. Uning barcha qonunlari tabiat tomonidan boshqarilishi muntazam, beixtiyor va tartibli holatga ega. Yulduzlar va sayyoralar aniq va kelishilgandek aylanadi. Har biri o‘zining o‘rni, vaqti hamda makonida harakat qiladi.
Cho‘chqayong‘oq, ya’ni, dub mevasidan ─ dub, qarag‘ay niholidan doimo qarag‘ay o‘sib chiqadi. Siz tabiat hech qachon xato qilmasligini bilasiz, chunki cho‘chqayong‘oqdan sirayam qarag‘ay, qarag‘ay niholidan esa dub o‘smaydi. Bu yaqqol ko‘rinib turgan holatlar. Ammo ular tasodifiy emasligini bilasizmi? Bu voqeaning ro‘y berishiga biror narsa majbur qilmadimikan? Ana shu nimadir bizning odatlarimizni barqaror va doimiy harakatlantiruvchi o‘sha kuchdir. Faqat Yaratgan ushbu barqaror odatlarni insonning o‘z orzu-istaklaridan qanoatlanish uchun izn bergan.
Unutmang, bizni, barcha-barchamizni odatlar boshqaradi! Ular muayyan fikr va xatti-harakatlarni takrorlash asosida ong-shuurimizda mustahkamlanadi. Shu sababli biz dunyoviy taqdirimiz, o‘zimizning hayot tarzimiz ustidan nazorat qilishimiz mumkin. Bu shunday chegaragacha yetib boradiki, o‘zimizning fikr-o‘ylarimizni nazorat qilishimiz mumkin bo‘ladi. Har bir kishi o‘zida muvaffaqiyatga eltuvchi odatlarni shakllantirishi va rivojlantirishi mumkin. Inson irodasi yomon odatlarni shakllantirishi va rivojlantirishi ehtimoldan xoli emas. Inson irodasi yomon odatlarni buzib barbod etishi, uni yaxshilari bilan almashtirish ham mumkin.
Insondan boshqa har qanday jonli mavjudotning odatlari shu narsaga tayanganki, biz uni instinkt deb ataymiz. U jonzotni chegaralab turadi. Yaratgan esa insonni nafaqat o‘z fikr-o‘ylari ustidan hukmron qilib yaratdi, balki unga maqsadga erishish yo‘lida chek-chegarasiz hukm yuritish, yo‘naltirish va ularni moddiylashtirishni ato etdi. Fikrlar siz o‘ylayotgan o‘sha voqelikning libosi kabi uni o‘rab oladi.
Siz ana shu ulug‘ haqiqatga tayanib, donishmandlik eshigini ochasiz va qanday istasangiz, shunday yashashingiz mumkin. Shunday ekan, odatlaringizni muvaffaqiyatingizga xizmat qildiring. Kimki o‘z fikr-o‘ylari ustidan hukm yuritib, uni o‘zi tanlagan maqsadni qo‘lga kiritishga yo‘naltirsa, hayotda katta mukofot oladi. Ammo Yaratganning shuncha ne’matlaridan foydalana olmay, muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar shunchalik ko‘pki...
Koinot tomonidan oldindan belgilab berilgan odatlar kuchi mo‘jizalar barpo etmaydi, yo‘q narsadan predmetlar yasamaydi va insonning hayotda belgilangan yo‘ldan borishini ta’minlamaydi. Ammo u fikr-o‘ylarining voqelikka aylanishiga tabiiy va mantiqiy tarzda yordam beradi va, hatto majbur qiladi.
Siz o‘zingizning eski odatlaringizni qayta ko‘rib chiqib, ularni yangilari bilan yaratishga kirishar ekansiz, dastlab muvaffaqiyatga eltuvchi odatdan ish boshlang. Fikr-o‘ylaringizni jamlab, xohish-irodangizga ko‘ra jamlagan muvaffaqiyatlar to‘lqinida suzing. O‘z vaqtida bu yangi fikr-o‘yga boy odatlar sizni so‘zsiz muvaffaqiyatga olib boradi.
(Napoleon Xill kitobidan)
Manba: Xabar.uz
Hayotda, Katta mukofot, Odatlar, Muvaffaqiyat “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»