
Azizbek To‘lqinbekov (o‘rtada)
«Bunyodkor» va O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Azizbek To‘lqinbekov Next Generation 2024 – jahon futbolidagi eng yaxshi 60 nafar yosh iqtidor sohibi ro‘yxatiga kiritildi.
To‘lqinbekov «Barselona»ning asosiy jamoasida o‘ynayotgan iste’dodlari bo‘lgan Pau Kubarsi, Mark Bernal va Lamin Yamal bilan bir qatorda 2007 yilda tug‘ilgan eng istiqbolli futbolchilar safiga kirdi.
«O‘zbekistonda ushbu yosh futbolchining ajralib turishi oson emas, chunki mamlakatda iqtidorli futbolchilar ko‘p. Ammo To‘lqinbekov o‘tgan yili 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida nom qozongan edi. To‘lqinbekov to‘p bilan xotirjam harakatlanadi, o‘yinni a’lo darajada o‘qiydi, himoyada o‘zini qulay his qiladi, lekin yarim himoyada ham o‘ynay oladi», deb yozadi The Guardian. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar