21:07 / 16.10.2024
10

Eron nashri Masharipovning kechagi uchrashuvdagi harakatlarini qanday baholadi?

Eron nashri Masharipovning kechagi uchrashuvdagi harakatlarini qanday baholadi?
Kecha O‘zbekiston terma jamoasi "JCH-2026" saralashidan o‘rin olgan BAAga qarshi bahsda 1:0 hisobida zafar quchdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng termamiz hisobidagi ochkolar soni 10 taga yetdi va hamyurtlarimiz "A" guruhida Eron bilan bir xil 10 ochko to‘plagan holda, raqiblardan o‘zib ketgan (Eng yaqin ta’qibchilar BAA va Qatar hisobida 4 ochko bor).

Forslarning "Varzesh.ze" nashri "oq bo‘rilar" yetakchilaridan biri bo‘lgan, shuningdek, Eronning "Istiqlol" klubi sharafini himoya qiluvchi Jaloliddin Masharipov haqida iliq fikrlar yozdi:

"Istiqlol" yarim himoyachisi bugun (kecha) oqshom O‘zbekiston terma jamoasi safida porladi. Mazkur g‘alabada Jaloliddinning ta’siri yaqqol bilindi. Garchi u gol ura olmagan bo‘lsa-da, ko‘plab vaziyatlar yaratdi. Birinchi taymdagi kam sonli xavfli hujumlardan biri ham aynan Masharipov tomonidan yaratildi. U to‘pni egallab olib, raqib jarima maydonchasiga kirmay zarba yo‘lladi. Biroq ushbu zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.

O‘zbekistonning xavfli hujumlari ko‘paygan ikkinchi bo‘limda futbolchi o‘zini ko‘rsatish uchun yana ham ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Jumladan, 58-daqiqada u to‘pni egallab olib, Azizbek Turg‘unboyevga yetkazdi. Azizbekning zarbasiga esa biroz aniqlik yetishmadi.

Bellashuvning 68-daqiqasida Jaloliddin Masharipov chap qanotdan chiroyli zarba yo‘lladi. Biroq Holid Eysaning mushtlari golga to‘sqinlik qildi. Hujum ikkinchi temp bilan davom etayotgan bir pallada "Istiqlol" futbolchisi yana zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo bu safargisi u qadar xavfli chiqmadi.

73-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda O‘zbekiston penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Dastlab to‘p yonida Masharipov keldi. Ammo u to‘pni Shukurovga qoldirdi", - deyiladi fors nashri tomonidan tayyorlangan maqolada.

Qayd etish lozim, kechagi bellashuvda Jaloliddin Masharipov 7.7 ballga loyiq ko‘rildi. U uzatmalarda 86 foiz aniqlik (jami 56/65) namoyish etdi. Shuningdek, Jaloliddin tomonidan amalga oshirilgan 3 ta "long ball" o‘z nishoniga aniq bordi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron nashri Masharipovning kechagi uchrashuvdagi harakatlarini qanday baholadi?
ePN