11:12 / 19.10.2024
20

Bu ish amalga oshsa, Abbosbek Fayzullayevning narxi "uchadi"...

Bu ish amalga oshsa, Abbosbek Fayzullayevning narxi "uchadi"...
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va SSKa klubi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nominatsiyasi sovriniga da’vogar bo‘lgan asosiy nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi.

Osiyo futbol konfederatsiyasining 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga topshiriladigan ushbu sovriniga 21 yoshli legionerimizdan tashqari yaponiyalik Gaku Navata (“Kamimura Gakuen”) hamda janubiy koreyalik Pe Jun Xo (“Stok Siti”) da’vogarlik qilmoqda.

Bu nominatsiya g‘olibi 29 avgust kuni Seul shahrida o‘tkaziladigan AFC Annual Awards marosimida taqdirlanadi.

O‘zbekiston futboli tarixida 2015 yili Dostonbek Hamdamov qit’aning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Abbosbek Fayzullayevning nufuzli sovringa da’vogarlik qilayotgani va Yevropa futboliga o‘tish imkoniyatlari haqida Rossiya futboli vakillari o‘z munosabatlarini bildirdi.

Aleksandr Grishin, SSKA sobiq futbolisi:
Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxatiga kiritilgani zo‘r ish bo‘ldi.

O‘ylashimcha, bu sovrinni yutish uchun unda imkoniyatlar yetarli, biroq Abbosga raqobat qiladigan o‘yinchilar ham borligini nazardan qochirmaslik kerak.

Agar Fayzullayev bu sovrinni qo‘lga kiritsa, SSKAning mavqei ko‘tariladi. Klubga ana shunday o‘yinchining tarkibda borligi mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Eng muhimi, Abbosbekning transfer narxi ham ko‘tariladi. Bu Fayzullayev uchun ham, SSKAga ham foydadan holi emas.

Tamerlan Musayev, SSKA hujumchisi:
SSKAga kelib qo‘shilganimda, Abbosbek Fayzullayev terma jamoasi safida edi. Keyinchalik birinchi mashg‘ulotning o‘zidayoq Fayzullayev teskari turganiga qaramay, himoyachini aldab o‘tib ketganida og‘zim ochilib qolgan. Uning bu videosini tanishlarimga tashlab, mashg‘ulotda uning qanday qilib, burilib olganini payqamay ham qolganimni aytdim. Haqiqiy usta.

Men Abbosbek Fayzullayevning Yevropada o‘ynashiga 100 foiz aminman.

SSKAda hujum tashkil qilishda mening keragim yo‘q. Jamoada bu ishning ustalari – Abbosbek Fayzullayev va Ivan Oblyakov bor. Ular juda zo‘r pas uzatadi. Menga faqat gol urish qolyapti. Men ayrim vaziyatlarda to‘pni ushlab turishim kerak. Hozir bu ko‘nikmani o‘zlashtirishga urinyapman.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Abbosbek Fayzullayev 2023 yilning avgustida SSKA safiga ko‘chib o‘tgandi. Shundan beri “armiyachilar” safida jami 45 ta uchrashuvda ishtirok etgan legionerimiz yettita gol va 19 ta assist muallifi bo‘ldi.

Bugungi kunda Abbosbek Fayzullayevning transfer summasi 6 million yevroni tashkil qilmoqda. Hozir 21 yoshli hamyurtimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu ish amalga oshsa, Abbosbek Fayzullayevning narxi "uchadi"...