06:00 / 19.10.2024
46

Putin XJS orderidan qo‘rqmasligini, ammo Braziliyaga bormasligini aytdi

Putin XJS orderidan qo‘rqmasligini, ammo Braziliyaga bormasligini aytdi
Foto: AP/TASS
Xalqaro jinoiy sud (XJS) universal ahamiyatga ega emas, chunki na Rossiya, na AQSH, na Xitoy uni tan olmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.

Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, XJS qarorini chetlab o‘tish juda oson - buning uchun Rossiya va Braziliya o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolash kifoya, keyin esa «XJS orderi bo‘yicha hech qanday muammo bo‘lmaydi».

Shu bilan birga, Putin «sammitni buzmaslik uchun» bu yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga bormasligini aytdi. Bundan tashqari, uning fikricha, G20 «agar siyosiylashtirilmagan bo‘lsa, foydali forum».

Putin aytganidek, Rossiya rasmiylari G20 sammitida o‘z manfaatlarini kim yuqori darajada himoya qilishini aniqlab oladi.

2023 yil mart oyida XJS Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilganlikda gumonlab, hibsga olishga order bergan edi. Braziliya XJS yurisdiksiyasini tan olgan va bu qarorni bajarishga mas’ul.

2024 yil sentyabr oyida Putin Mo‘g‘ulistonga bordi, biroq bu mamlakat Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini qabul qilgan bo‘lsa-da, Rossiya rahbarini hibsga olmadi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston Putinga tashrifi chog‘ida XJS orderi asosida hibsga olinmasligi haqida kafolat bergan.

Keyinroq Haagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Mo‘g‘uliston nima uchun Putinni hibsga olmaganini tushuntirishi kerakligini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin XJS orderidan qo‘rqmasligini, ammo Braziliyaga bormasligini aytdi